Matbuot shahrhlari 05.01.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1557650
Matbuot shahrhlari 05.01.2020

Star gazetasi: Turkiya Xafter hujmida halok bolganlarni yodga oldi. Milliy Mudofaa vazirligi, Liviyadagi to‘ntarishchi general Halifa Xafterga qarashli kuchlar tomonidan o‘tgan yili uyushtirilgan havo hujmida shahid bo‘lgan 30 nafar liviyalik harbiy talabani yodga oldi. Vazirlikning Twitter hisobida mavzu haqida qoldirilgan postda, “Butun dunyoni hayratga solgan g‘ayriinsoniy hujumda shahid bo‘lgan liviyalik talabalarni rahmat ila yodga olyapmiz. Shahid qonlari bilan suvlangan bu makonda bundan buyon Turk Qurolli kuchlarining qo‘llab - quvvatlashi bilan Liviya Qurolli kuchlarini zamonaviy qo‘shinlar darajasiga yetaklovchi faoliyatlar olib borilmoqda”. - deyildi.  

Sabah gazetasi: Bayden Bozkirga maktun yolladi. Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) prezidentligiga saylangan Jo Bayden BMTning 75 – Bosh assambleyasi prezidenti Volkan Bozkirga maktub yo‘lladi. Bayden unda BMT bilan ishlash talabini yetkazdi. Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasidan iqlim o‘zgarishigacha boshqarilishi kutilgan global muammolarga e’tibor qaratgan Bayden, “Siz bilan ishlashni to‘rt ko‘z bilan kutyapmiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Haber Türk gazetasi: Turkiya dunyoning 155 davlatiga yordam bergan davlatdir. Adolat va taraqqiyot partiyasi Matbuot xizmati kotibi O‘mer Chelik, dunyoda bir necha davlatning yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi jarayonida niqob va keksalar uyidagilarni parvarish qilishda muammolarga duch kelganini, Turkiyaning esa boshqa davlatlarga qaraganda ancha oldin bu muammoni hal qiluvchi imkonlarga ega ekanini ko‘rsatganini qayd etdi. Chelik, “Turkiya o‘z yurttoshining yordamiga yugurganidek ayni vaqtda dunyoning 155 davlatiga yordam bergan davlatga aylandi”. - dedi.

Vatan gazetasi: Turk Uchuvchisiz havo vositalari butun dunyoga ovoza boldi. Tog‘li Qorabog‘, Suriya va Liviyada namoyish etgan harbiy muvaffaqiyatiga e’tiborlarni jalb etgan Turkiyaning qurolli uchuvchisiz havo vositalari, Yevropaning boshini aylantirdi. Britaniya Mudofaa vaziri Ben Uollesning, “Yangilik yaratdi” deb ta’riflagan vositalardan olish niyatida ekanliklari qayd etildi. Germaniya esa Bayraktar TB2 rusumidagi qurolli uchuvchisiz havo vositalaridan voz kechganidan pushaymon ekanligini ma’lum bo‘ldi.  

Yeni Şafak gazetasi: Soglikni Saqlash tarmogidagi turizmda yangi manzil, Osiyo bozori. Iyul, avgust va sentabr oylarida davolanish uchun chet eldan Turkiyaga kelganlar sonida jiddiy ortish kuzatildi. O‘tgan yili eng ko‘p bemor Yevropadan keldi. Niderlandiya, Italiya, Ispaniya, Fransiya va Belgiya birinchilar qatorida o‘rin oldi. Skandinaviya davlatlaridan kelganlar ham estetik muolajalarda Turkiyani tanladi. Sog‘likni Saqlash tarmog‘idagi turizmda yangi manzil esa Osiyo mintaqasi. Bu yil ayniqsa Hindiston, Xitoy, Indoneziya, Malayziya, Yaponiya kabi davlatlarda, yangi bozor izlanishlari boshlamoqda.    

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar