Matbuot sharhlari 30.12.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1554669
Matbuot sharhlari 30.12.2020

Hürriyet gazetasi: Covid - 19 ga qarshi vaksinalar Turkiyaga yetib keldi. Turkiyaning xitoylik vaksina firmasi “SinoVac” dan xarid qilib olgan koronavirusga qarshi vaksinalarni tashigan uchog‘i Anqaradagi “Esenbog‘a” aeroportga kelib qondi. Sog‘likni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja, vaksina ustidan olib boriladigan test jarayonining 14 kun davom etishini, ular tugashi bilan esa emlash dasturining boshlashini ma’lum qildi. Olib kelingan birinchi partiyada 3 million dozalik vaksina bor.

Yeni Şafak gazetasi: Rossiya bilan Covid - 19 vaksinasini birgalikda ishlab chiqarish boyicha shartnoma imzolandi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi vaksinani birgalikda ishlab chiqarish uchun Rossiya bilan shartnoma tuzilganini ma’lum qildi. Chavusho‘g‘lu, “Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, rus vaksinasi to‘g‘risidagi taklif bilan Prezident Erdo‘g‘anga qong‘iroq qilar ekan Prezidentimiz Sog‘likni Saqlash vazirligiga buyruq berdi va ikkala mamlakat vazirliklari o‘rtasida shartnoma tuzildi. Bu hamkorlikning maqsadi esa nafaqat davolash balki birgalikda vaksina ishlab chiqarish ya’ni Turkiyada ham bu vaksinaning ishlab chiqarilish masalasidir”. - dedi.

Vatan gazetasi: Akar: “Liviyalik qardoshlarimizga har qanday yordamni korsatishni davom etamiz”. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Turkiyaning Liviyadagi muammoning tezlik bilan siyosiy yo‘llardan hal qilinishi uchun qo‘lidan kelgan har qanday g‘ayratni ko‘rsatganini qayd etdi. Liviyada Milliy kelishuv hukumatining Birlashgan Millatlar (BM) tomonidan tan olingan qonuniy hukumat ekanini ta’kidlagan Akar, Turkiyaning yuqorida nomi tilga olingan hukumatning taklifiga binoan Liviyada ekanini, bu yerdagi faoliyatlarning butunlay xalqaro huquq asosida olib borilganini qayd etdi. Akar, “Liviyalik qardoshlarimizga har qanday yordamni ko‘rsatishni davom etamiz”. - deya gapirdi.    

Star gazetasi: Ozarbayjon Turkiyaning dostligiga e’tibor qaratdi. Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan 2020 - yilni baholagan matbuot anjumanida Turkiya bilan Ozarbayjonning barqaror birligiga e’tibor qaratildi. Matbuot anjumanida Qorabog‘ni bosib olgan Armanistonga qarshi olib borilgan amaliyotlarda Turkiyaning qo‘shgan hissasi alohida ta’kidlandi. Yig‘ilishda, Turkiya - Ozarbayjon qardoshligi va birligining barqaror ekani yana bir bor namoyon bo‘lgani qayd etildi.

Haber Türk gazetasi: Turkiya - Britaniya ortasida erkin savdo shartnomasi. Turkiya va Britaniya o‘rtasida Erkin Savdo shartnomasiga qo‘l qo‘yildi. 1 - yanvarda kuchga kiradigan ushbu shartnoma barcha sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘z ichiga olmoqda. Britaniya, Turkiyaning eng yirik ikkinchi eksport bozoridir. Shunday ekan ushbu shartnoma orqali Turkiya bilan Britaniya, munosabatlarni yana da mustahkam uchun birinchi qadamni tashlagan bo‘ldi.



Aloqador xabarlar