Matbuot sharhlari 29.12.2020
Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

Haber Türk gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an vaksinalar bo‘yicha muhim bayonotlar berdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan uyushtirilgan matbuot anjumanida Xitoydan buyurtma berilgan vaksinaning ilk bo‘lagining yangi yil oldidan topshirilishini kutganliklarini bildirdi. Erdo‘g‘an, “Xudo xohlasa eng qisqa vaqtda o‘zimiz ishlab chiqargan birdan ko‘p vaksinani xalqimiz xizmatiga taqdim etishda qarorlimiz. Germaniyadan olib kelinadigan vaksinalar, umid qilamizki yanvar oyida yetib keladi”. - dedi.
Vatan gazetasi: Chavusho‘g‘lu: “Turkiya, eng kam rivojlangan mamlakatlar homiysi bo‘lishni davom etadi”. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Turkiyaning xalqaro miqyosda eng kam rivojlangan mamlakatlarni qo‘llab - quvvatlashini belgilab o‘tgan holda, “Turkiya, eng kam rivojlangan davlatlarning homiysi bo‘lishni davom etadi. BMTda bu mamlakatlarni qo‘llab - quvvatlash uchun tashkil etilgan “Do‘stlar guruhining hamraisligini o‘z zimmamizga olib, eng kam rivojlangan davlatlarga texnologiya yetkazib berish borasida qurilgan BMT Texnologiya bankasiga, Gebzeda mezbonlik qilyapmiz”. - deya gapirdi.
Star gazetasi: BMT, muhojirlarga eng ko‘p quchoq ochgan dunyoning 5 davlatini e’lon qildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Muhojirlar masalasi bo‘yicha oliy komissari (UNHCR), dunyoda muhojirlarga eng ko‘p quchoq ochgan 5 davlatni e’lon qildi. Unda Turkiya bosh bo‘lish bilan birga Kolumbiya, Pokiston, Uganda va Germaniya o‘rin oldi.
Yeni Şafak gazetasi: Dunyoning eng nufuzli shirkati royhatida o‘rin olgan Turk shirkatlari soni 7 ta bo‘ldi. Turk shirkatlarining milliy va mahalliy imkonlar bilan mudofaa sanoatida o‘rtaga qo‘ygan mahsulotlar, tashqariga bo‘lgan qaramlilikni kamaytirib, eksport darvozalari tomon yo‘l olar ekan Turkiyaning bu tarmoqda qo‘lga kiritgan muvaffaqiyati dunyoning eng nufuzli mudofaa sanoati ro‘yhati sifatida qabul qilingan “Defense News Top 100” ro‘yhatida ham aks etdi. Ro‘yhatdagi Turk shirkati soni 7 taga yetdi. ASELSAN birinchi 50 talik qatoriga kiritilgan ro‘yhatga bu yil HAVELSAN va FNSS ham qo‘shildi.
Sabah gazetasi: Yangi yil haftasida THY Yevropada eng ko‘p qatnov yo‘lga qo‘ygan shirkatga aylandi. EuroControl tomonidan tayyorlangan hisobotda, yangi yil haftasida (21 - 27 dekabr) Turk havo yo‘llari (THY) ning Yevropada eng ko‘p qatnov yo‘lga qo‘ygan shirkat bo‘lgani ma’lum qilindi.