Matbuot sharhlari 20.11.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1531353
Matbuot sharhlari 20.11.2020

Sabah gazetasi: Erdo‘g‘an: “Turkiyani yangi o‘sish trendi ro‘yhatiga ilova etyapmiz”. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kecha Istanbuldagi Vaxdettin ko‘shkida Turkiya Eksportchilar masjlisi hay’atini qabul qildi. Ushbu qabulda, “Iqtisodiy va siyosiy muvozanatda katta o‘zgarish yuz bermoqda. Demokratiyamizni mustahkamlab, investitsiyalarni jonlantiramiz. Turkiyani yangi o‘sish trendi ro‘yhatiga ilova etamiz. Buni yurtimizdagi har bir sinif bilan, eng muhimi biznes dunyomiz bilan yaqin muloqat, hamkorlik va uyg‘unlik ichida yo‘lga qo‘yamiz”. – dedi.  

Hürriyet gazetasi: Tashqi Ishlar vazirligi Pompeoga qattiq e’tiroz bildirdi. Turkiya Tashqi Ishlar vaziriligi Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi Mike Pompeoning Isroil tomonidan bosib olingan Falastin tuproqlariga uyushtirgan tashrifiga qattiq e’tiroz bildirdi. Vazirlik mavzu haqidagi bayonotida, Pompeoning G‘arbiy Sohil tashrifi ortida, Isroil tomonidan bosib olingan Falastin tuproqlaridagi noqonuniy harakatlarga, qonuniylik qozondirish niyatida borligini qayd etdi.

Vatan gazetasi: Turkiyadan Liviya haqida bayonot. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Liviyada tinchlik va barqarorlikning ta’minlanishi uchun Xafterga ko‘rsatilgan barcha tashqi ko‘maklarning tezlik bilan to‘xtatilishi shartligini bildirdi. Akar, “Xafter kuchlari va chet ellik yollanma askarlar, xavfsizlik va diplomatik say – harakatlar uchun katta xavf tug‘dirmoqda. Hammamiz qabul qilganidek, bu muammo harbiy yo‘ldan hal qilinmaydi”. – deya gapirdi. 

Haber Türk gazetasi: Profesor doktor Ug‘ur Shahindan yangi bayonot. Germaniyaning biotexnologiya labaratoriyasi BioNTech bilan Amerikaning Pfizer kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqarilgan va yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi 95 foiz muvaffaqiyatli natija bergan vaksinaning qachon tarqata boshlanishi haqidagi savolga BioNTech asoschi sherigi professor doktor Ug‘ur Shahin javob berdi. Shahin unda, “Hammasi o‘z yo‘lida ilgarilagudek bo‘lsa unda dekabr oyining ikkinchi yarmida ruxsat olib, yangi yildan oldin tarqatish ishlarini boshlatishimiz mumkin. Lekin bu faqatgina hammasi o‘z yo‘lida ketsa ishga oshishi mumkin”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Star gazetasi: Xitoylik texnologiya shirkatining Turkiya rejasi. Xitoylik texnologiya shirkati Turkiyada uzoq muddatli investitsiya kiritish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. H3Cning tajribali direktor o‘rinbosari Geri Xuan, “Turkiya bilan uzoq muddatli investitsiya rejasi ustida ish olib bormoqdamiz. Raqamli transformatsiyani birgalikda yo‘lga qo‘yish niyatidamiz” – degan ifodalarga o‘rin berdi.   

 



Aloqador xabarlar