Matbuot sharhlari 19.11.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1530479
Matbuot sharhlari 19.11.2020

 

Hurriyat gazetasi: “Sog’liqni saqlash vaziri Faxriddin Ko’jadan vaksina bo’yicha bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Faxriddin Ko’ja Amerikaning Pfizer kompaniyasi bilan Germaniyaning BioNTech kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinasiga dekabr oyida ruxsat berilishi ehtimoldan holi emasligini ma’lum qildi. Vazirning so’zlariga ko’ra, Turkiya vaksinasi aprel oyida tayyor bo’ladi.

 

Star gazetasi: “Vazir Varankdan mahalliy avtomobil bo’yicha bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank mahalliy avtomobil ishlab chiqarish bo’yicha dunyo standardlariga mos loyiha hayotga tadbiq etilganligini ma’lum qildi.

“Ushbu 51 foiz mahalliy avtomobillar 2022 yili foydalanishga topshiriladi. 2026 yilga kelib 68 foiz mahalliy darajaga yetkaziladi”,-deb aytgan Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri.

 

Sabah gazetasi: “Arab davlatlarining eng yoqtirgan davlati Turkiya!” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Amerika kompaniyaning tadqiqotida Yaqin sharqda Turkiyaning obro’-e’tibori yana-da oshib borayotganligi isbotlandi. Amerikada faoliyat ko’rsatgan “Arab Center” kompaniyasi 13 nafar arab davlatida anketa olib bordi. Anketaga ko’ra, arab jamoatchiligida tashqi siyosati yuqori baholangan birgina davlat Turkiya ekanligi ma’lum bo’ldi.

 

Vatan gazetasi: “Istanbul aeroporti Yevropaning eng yaxshi aeroporti deb topildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Istanbul aeroporti Xalqaro aeroportlar kengashi tomonidan “Yevropa bo’yicha eng sifatli raqamli aeroport” mukofotiga loyiq deb topildi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar