Matbuot sharhlari 18.11.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1529878
Matbuot sharhlari 18.11.2020

Haber Türk gazetasi: Prezident Erdogan, yangi turdagi koronavirus chora va tadbirlarini ma’lum qildi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, yangi turdagi koronavirusga qarshi kurash doirasida yangi chora va tadbirlarni ma’lum qildi.  Ushbu chora va tadbirlarga ko‘ra dam olish kunlari ta’minot va ishlab chiqarish zanjirlari buzilmaydigan ravishda soat 10:00 bilan 20:00 dan tashqari, ko‘chaga chiqishlar man etiladi. O‘quv markazlari yilning oxirigacha online tarzda faoliyat olib boradi. Savdo markazlari, marketlar, sartaroshxonalar, restoranlar soat 10:00 dan 20:00 gacha ishlaydi. Restoranlar faqat taom yetkazib berish yo‘li bilangina xizmat beradi. Barcha kinoteatrlar yil oxirigacha yopiladi. Mamlakat bo‘ylab barcha sport faoliyatlari, musobaqalar tomoshabinsiz o‘tkaziladi.

Star gazetasi: Turk askarlari Qorabog‘ yo‘lida. Ozarbayjonga askar yuborilishi haqidagi qarornoma, TBMM tomonidan qabul qilindi. Rossiya bilan tashkil etiladigan mushtarak markazda turk askari faoliyat olib boradi.

Sabah gazetasi: Hulusi Akarning ShKTR haqidagi so‘zlari: Qo‘l uchida ish qilinishiga yo‘l qo‘ymaymiz”. Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab boshlig‘i, Harbiy – havo kuchlari va Harbiy – dengiz kuchlari qo‘mondonlari ishtirokida videomuloqat yo‘li orqali uyushtirilgan yig‘ilishda, “Turkiya har doim bo‘lganidek Shimoliy Kipr Turk Respublikasining haqqi va huquqini himoya qiladi va aslo uni oyoq osti bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi”. – dedi. Turkiyaning kafilligidan tug‘ilgan javobgarchiligini bajarishni davom etishini eslatib o‘tgan Akar, hech qanday qo‘l uchida ish qilinishiga ruxsat berilmasligini ham takrorladi.    

Hürriyet gazetasi: Lutfi Elvan: “Islohot mazmunidagi har qanday mavzuda kerakli qadamni tashlaymiz”. G‘aznachilik va moliya vaziri Lutfi Elvan, iqtisodiy masala ustidan bergan bayonotida, “Biz makroiqtisodiy, moliyaviy va narxlarning barqarorligiga katta ahamiyat beryapmiz. Yo‘l xaritamizning umumiy tuzilishi mana shulardan iborat. Biz ham maqullagan qanday masala bo‘lsa, islohot mazmunidagi har qanday mavzuda kerakli qadamlarni tashlaymiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yeni Şafak gazetasi: Akkuyu Atom elektr stansiyasi (NGS) uchun tarixiy qadam: Butun Turkiyani yoritadi. Energiya va tabiiy manbaalar vazirligi tomonidan Twitter hisobida qoldirilgan postda, “Akkuyu Atom elektr stansiyasining uchinchi bo‘sqichini qurish uchun ruxsat berildi. 2023 – yili birinchi reaktor ishga tushiriladi va bizning energiya portfelimiz yangi energiya manbai bilan yanada diversifikatsiya qilinadi. Akkuyudagi quvvat barcha Turkiyani yoritadi”. – deyildi.  



Aloqador xabarlar