Matbuot sharhlari 10.11.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1525277
Matbuot sharhlari 10.11.2020

Sabah gazetasi: Prezident Erdogan: “Xudo xohlasa yaqinda, Sharqiy Orta yer dengizidan ham suyunchli xabar olamiz.” Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an navbatdagi elchilar konferensiyasida so‘zlagan nutqida, Qora dengizda topilgan 405 milliard kubmetr tabiiy gaz zaxirasini yodga soldi va e’tiborlarni Sharqiy O‘rta yer dengiziga qaratdi. Erdo‘g‘an, “Xudo xohlasa yaqinda, Sharqiy O‘rta yer dengizidan ham suyunchli xabar olamiz.” – deya gapirdi.

Hürriyet gazetasi: Mevlut Chavushoglu: “Mahalliy va milliy tashqi siyosat kuzatmoqdamiz.” Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, “Turk xalqining tadbirkorlik ruhini, vijdonli va adolatli madaniyatini tashqi siyosatimizda aks ettirmoqdamiz. Soha va muzokarada kuchli, mahalliy va milliy tashqi siyosat kuzatyapmiz.” – dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Pashinyan maglubiyatini e’lon qildi va Armaniston Qorabogda taslim boldi. Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Ozarbayjon va Rossiya davlat rahbarlari bilan tinchlik o‘rnatish haqidagi bitimga qo‘l qo‘yganliklarini ma’lum qildi. Pashinyan bu vaziyatni shaxsi va Armaniston xalqi uchun “nihoyatda alamli” ekanini qayd etdi. Armaniston Kelbajar, Ag‘dam va Lochindan keyin Tog‘li Qorabog‘dan butunlay chiqib ketadi. Shuningdek, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasida bugun kechasi (Turkiya vaqti bilan) soat 00:00 dan e’tiboran o‘q uzishning to‘xtaganini e’lon qildi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev esa ushbu kelishuvning “Armanistonning mag‘lubiyati” degan ma’noni anglatishiga e’tibor qaratgan holda, “Pashinyan kelishuvga o‘z xohishi bilan emas Ozarbayjonning temir mushtimi soyasida qo‘l qo‘ydi.” – deya gapirdi.  

Vatan gazetasi: Dunyoning eng yirik uchinchi to‘g‘oni bo‘ladi. Artvindagi Yusufeli to‘g‘oni qurilishi tamomlanganida Turkiyaning birinchi, dunyoning esa uchinchi eng baland to‘g‘oni bo‘ladi. Hozirda uning balangligi 247 metrga yetdi.

Star gazetasi: Shvetsiyada “Yilning faxriy mukofatini”ni Meleknur Alevjan qo‘lga kiritdi. Shvetsiyadagi mashhur Lulea Texnik universiteti, “Yilning faxriy mukofati” ni turk psixolok Meleknur Alevjanga taqdim etdi. Universitet, 2019 – yili psixollogiya bo‘yicha bakalavr dasturini tamomlagan Alevjanni yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi davrida o‘zini – o‘zi izolyatsiyaga olgan yuzlab keksaga bepul xizmat qilgani uchun ushbu mukofatga sazovor deb topganini bildirdi.   

 



Aloqador xabarlar