Matbuot sharhlari 04.11.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1521707
Matbuot sharhlari 04.11.2020

Haber Türk gazetasi: Umidning nomi: Ayda Gezgin! Izmirdagi yer silkinishidan eng ko‘p ziyon ko‘rgan viloyatning Bayrakli tumanida 3 yashar qizaloq Ayda Gezgin, 91 soatda sog‘ – salomat vayrona ostidan qutqarildi. Aydaga ilk yordam, voqea yuz bergan nuqtada ko‘rsatildi.

Sabah gazetasi: Hulusiy Akardan Sharqiy O‘rta yer dengizi haqida bayonot. Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar Sharqiy O‘rta yer dengizi haqida bergan bayonotida Gretsiyaning erkaliklardan voz kechib, xalqaro huquqga munosib tarzda muomala qilishi kerakligini ifoda etdi. Shuningdek bu haqida, “Hech kim kuchini, bo‘yini oshib bir qator ishlar qilishga urinmasin, uddasidan chiqolmaydi. Haqqimizni yedirmadik, yedirmaymiz”. – dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Avstriyada terror hujmi: “Ikki turk milliy qahramon deb e’lon qilindi”. Avstriya poytaxti Venada yuz bergan terror hujmida bir ayol bilan bir nafar politsiya xodimini qutqargan ikki turk, mamlakatda milliy qahramon deb e’lon qilindi. Hujumda tan jarohati olgan bir ayolni restoranga ko‘tarib borgan Rajap Tayyip Gultekin bilan Mikail O‘zen, hujum chog‘ida ham mintaqadagi insonlarni “yashirining, egiling” deb ogohlantirgani ko‘rildi.   

Star gazetasi: Dunyoda faqatgina 3 ta davlatda bor! Turkiya 5 davlatga xizmat bermoqda. Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailo‘g‘lu, Xalqaro sun’iy yo‘ldoshga asoslangan dengiz va havo qidirish va qutqarish tizimiga sun’iy yo‘ldosh transmitteri simulyatorini qo‘shdik. Gruziya, Ukraina, Eron, Iroq va Afg‘onistonga koordinator mamlakat sifatida xizmat bermoqdamiz”. – dedi.  

Hürriyet gazetasi: O‘sish, jadal ravishda davom etmoqda. Turkiya avtomobillar va yengil savdo transport vositalarining umumiy bozori, yanvar – oktabr oyida 2019 – yilning huddi shu davriga nisbatan 78.1 foizga o‘sgan holda 588 ming 354 donaga yetdi.



Aloqador xabarlar