Matbuot sharhlari 19.10.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1511838
Matbuot sharhlari 19.10.2020

Haber Türk gazetasi: Prezident Erdogandan bayonotlar. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kecha partiyasining navbatdagi Shirnak viloyat kongressida nutq so‘zladi. Unda Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasidagi o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvini takror Armanistonning buzganiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an, “O‘q uzsihni to‘xtatish e’lon qilindi lekin armanlar uni yana buzdi. Bu haqiqatlarning hammasi o‘rtada ekan g‘arb jimjirt. Turkiya biron nima deganida, - Jim o‘tirmaydi. - deydilar. - Jim o‘tirmaymiz!” - dedi.

Hürriyet gazetasi: Turkiya Gretsiyaga javob berdi. Turkiya Gretsiya Tashqi Ishlar vazirligining Egey va O‘rta yer dengizidagi qidiruv va qutqaruvdan mas’ul sohaning kengaytirilishi haqida bergan bayonotini “aslsiz” deb baholadi. Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Hami Aksoy, “Qidiruv – qutqaruv sohalari suveren emas, xizmat sohasidir. Bu jihatdan o‘zining hududiy suvlari ichiga kirmagan, inson hayoti qutqariladigan va himoya qilinadigan sohani, o‘z suverinetining paymol qilinishi deb qabul qilgan Gretsiyaning bu iddiosi huquqdan iroqdir”. degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Vatan gazetasi: Chavushoglu ShKTRning prezidenti etib saylangan Ersin Tatarni tabrikladi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti etib saylangan Ersin Tatarni tabrikladi. Chavusho‘g‘lu, Twitter hisobidan mavzu haqida qoldirgan postida, “ShKTR Prezidentlik saylovida g‘alabaga erishgan Ersin Tatarni chin qalbimdan tabriklayman. Kipr turklarining farovonligi, rivojlanishi va xavfsizligi uchun birgalikda ish olib boramiz. ShKTRning Sharqiy O‘rta yer dengizidagi qonuniy haq va manfaatlarini birgalikda himoya qilamiz”. dedi.

Sabah gazetasi: Mahalliy suvosti roboti “Kashif” oz vazifasini boshladi. Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Do‘nmez, mahalliy suvosti roboti "Kashif"ning “Fatih” burg‘ulash kemasida o‘z vazifasini boshlaganini ma’lum qildi. Fatih Do‘nmez, Twitter hisobi orqali mavzu haqida qoldirgan postida: “Mahalliy suvosti robotimiz Kashif, Fatihda o‘z vazifasini boshladi. Dengizlardagi yangi qo‘l va ko‘zimiz bo‘lgan Kashif, 3 ming metrgacha dengiz burg‘ulash faoliyatlarida videoma’lumotlarini asosiy nuqtaga yetkazib beradi, mexanik ishlarni yuritadi”. dedi.

Star gazetasi: Germaniya matbuoti mahalliy avtomobilga maqtov yogdirib, Turkiyaning shaxsiy “Tesla”sini yaratgani haqida yozdi. Germaniyaning eng nufuzli "Handelsblatt" gazetasida o‘rin olgan xabarda, Turkiyaning yangi transport vositasi "TOGG"ning, elektron avtomobil ekotizimini tashkil etish orqali o‘zining “Tesla”sini ishlab chiqargani ta’kidlandi va mamlakatning milliy mahsuloti ro‘yhatiga avtomobilning ham ilova etilishi qayd etildi. Unda, "TOGG" tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobilning bozor narxi to‘g‘ri kelsa unda Germaniyaning avtomobil bozoriga ham kirishi mumkinligi qayd etildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar