Matbuot sharhlari 16.10.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1510280
Matbuot sharhlari 16.10.2020

 

Sabah gazetasi: “Erdo’g’an: Qayerda zulm bo’lsa Turkiya o’sha yerda mazlumlar bilan birga” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiya doimo mazlumlar bilan birga ekanligini, zulm va zo’ravonlikka aslo ko’z yummasligini ma’lum qildi.

“Liviyada zulm davom etmoqda. Qo’shni davlat Suriyada 910 kmlik chegaralarimiz ortida notinchlik hukm surmoqda. Somalida ham shunday. Ozarbayjonda esa Armaniston zulmiga guvoh bo’lyabmiz. Ular bizning qardoshlarimizdir. Tarixda ajdodlarimiz tomonidan zimmamizga yuklangan katta mas’uliyat bor. Biz zimmamizdagi mas’uliyatni doimo bajarishga g’ayrat qilamiz”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Star gazetasi: “Aliyev: Turkiya Ozarbayjonda harbiy baza qurishi mumkin” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 40ga yaqin shahar va qishloqlar armanlar ishg’olidan ozod qilinganligini ma’lum qildi. Ushbu mintaqada Turkiyaning ishtirokisiz bironta ham masalani hal qilib bo’lmasligini tilga olgan Aliyev, agarda Ozarbayjon tahlika ostida bo’lgan taqdirda, Turkiya Ozarbayjonda harbiy baza qurishi mumkinligini ta’kidladi.

Hurriyat gazetasi: “Pashinyan mag’lubiyatini e’tirof etdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Tog’li Qorabog’da o’t ochishni to’xtatish rejimini oyoq osti qilib, Ganjada mahalliy aholini o’qqa tutgan Armaniston qo’shini fron chizig’i bo’ylab og’ir yo’qotishlarga uchramoqda. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan front zonasida Armaniston qo’shinining mag’lubiyatga uchraganligini rasman tan oldi. Pashinyan Armaniston qo’shini front ortida og’ir yo’qotishlarga uchraganligini, qo’shin kuchlari frontning shimoliy va janubiy uchastkalaridan chekinishga majbur bo’lganligini e’tirof etdi.

Xabar turk gazetasi: “Gretsiyaning turklar suv osti kemamizni ko’ra olmaydi” shaklidagi iddaolari puchga chiqdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Gretsiyadagi ba’zi xabar saytlarida Gretsiyaga oid suv osti kemalari Turkiya dengiz kuchlari tomonidan aniqlana olmasligiga doir xabarlar tarqaldi. Ko’zga ko’rinmas xususiyatga ega ekanligi va sharqiy O’rta yer dengizidagi barcha faoliyatlarni pinhona kuzatib borayotganligi ilgari surilgan Gretsiya suv osti kemalari harakati Turkiya dengiz kuchlari tomonidan birma-bir kuzatib borilayotgani ma’lum bo’ldi.

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya yana bir xushxabarni kutmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, O’rta yer dengizida 320 mlrd kub metr tabiiy gaz zahirasini topishga muvaffaq bo’lgan Turkiyaning “Fotix” burg’ulash kemasi, bu safar Qora dengizning quyi tabaqalarida yana bir yirik zahira topdi. Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an shu kunlarda mavjud zahirada aniqlangan 80 mlrd kub metr hajmidagi tabiiy gaz zahirasini xalqqa e’lon qilishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar