Matbuot sharhlari 12.10.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1507358
Matbuot sharhlari 12.10.2020



Vatan gazetasi:“Mavlud Chavushog’li Sergey Lavrov bilan uchrashdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li kecha Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Bo’lib o’tgan uchrashuvda Armanistonning o’t ochishni to’xtatish rejimiga amal qilmaganligi tufayli ogohlantirilishi talab qilindi.

 

Sabah gazetasi:“Urush jinoyatiga qo’l urgan Armanistonga Turkiyadan e’tiroz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vazirligi Armanistonning tinch aholi hududlariga nisbatan hujumi tufayli xalqaro davlatlarga murojaat qildi.

“Urush jinoyatiga qo’l urayotgan Armaniston endilikda o’t ochishni to’xtatish rejimini oyoq osti qilmoqda. Armaniston sulh bitimiga qaramay tinch aholi punktlariga hujum qilmoqda. Xalqaro hamjamiyat Armanistonga qarshi chora ko’rishi zarur”,-deb murojaat qiladi Turkiya milliy mudofaa vazirligi.

 

Star gazetasi: “Mudofaa va aviatsiya sanoatidagi eksportning katta qismi Ozarbayjonga” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning mudofaa va aviatsiya sanoati sektori o’tgan oyda Ozarbayjonga qiymati 77 mln 167 ming dollarlik eksport amalga oshirdi.


Hurriyat gazetasi: “Tayyor kiyim va tekstil mahsulotlari eksportida ortish davom etmoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Turkiyaning eksport bo’yicha salohiyatiga katta hissa qo’shgan tayyor kiyim va tekstil sektori o’tgan oyda taxminan 1.8 mlrd dollar qiymatida mahsulot eksport qildi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar