Matbuot sharhlari 05.10.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1502998
Matbuot sharhlari 05.10.2020

Haber Türk gazetasi: PKK/ YPG terror tashkiloti a’zolari Togli Qorabogni tark etishi kerak. Turkiya, arman terroristlar bilan hamkorlik qilgan PKK/ YPG terror tashkiloti a’zolarining, tezlik bilan Tog‘li Qorabog‘ni tark etishlari kerakligini qayd etdi. Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, “Gunohsiz tinch aholini nishonga olgan arman terroristlar bilan hamkorlik qilgan PKK/ YPG terror tashkilotga a’zo terroristlar, darhol mintaqani tark etishi kerak.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hürriyet gazetasi: Turkiya – Gretsiya ortasidagi yigilish keyingiga qoldirildi. Turkiya va Gretsiya o‘rtasida NATO qarorgohida bugun uyushtirilishi rejalashtirilgan texnik kengash yig‘ilishi, ikkala mamlakat tomonidan qabul qilingan qaror asosida keyingiga qoldirildi. Sharqiy O‘rta yer dengizidagi unsurlarning o‘z xizmatini xavfsiz ravishda davom etishi uchun ijro etiladigan koordinatsionning texnik tafsilotlari qo‘lga olinadigan yig‘ilishning, bugun NATO qarorgohida o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. U, texnik sabablar tufayli ikki mamlakat tomonidan qabul qilingan qarorlar doirasida keyingi kunlarga qoldirildi.

Vatan gazetasi: Turkiya Fransiyaga norozichilik bildirdi. Turkiya Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tomonidan 9 – dekabrda Vazirlar kengashiga taqdim etiladigan, separatizmga qarshi kurash qonun loyihasiga norozichilik bildirdi. Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, “Tinchlik degan ma’noni anglatuvchi muqaddas dinimizga oydinlik kiritish bahonasi bilan uni noto‘g‘ri ko‘z qarashlarga aralashtirish hechkimning haddiga emas.” deyildi. Bayonotda shuningdek, “Go‘yo islom diniga oydinlik kiritish bahonasi bilan ‘Yevropa islomi’ ‘Fransiya islomi’ kabi tushunchalarni o‘rtaga tashlab, muhojir jamiyatlarni tartibga solmoqchi bo‘lishlik, insoniy va huquqiy mulohazalarning qarama - qarshi yo‘nalishida harakat qilishni anglatadi” degan ifodalarga o‘rin berildi.

Yeni Şafak gazetasi: Diyarbakirdan Italiyaga yuborilgan quritilgan pomidor. Turkiyaning Diyarbakir viloyatida hech qanday kimyoviy modda aralashtirilmagan organik pomidor, keng maydonda quritilib Italiyaga eksport qilinmoqda. Diyarbakirli dehqonlar tomonidan yetishtirilgan pomidorlar, Italiya oshxonasinining voz kechilmas lazzatlari qatorida o‘rin olmoqda. Quritilgan pomidorlar, Italiyada ayniqsa spagetti va pizzalarda sous sifatida foydalanib, dunyoga yoyilmoqda.

Star gazetasi: Fransiyada turklar shou namoyish etdi. Fransiya liga – 1 ning oltinchi haftadagi kurashida Lill jamoasi Strasbourgni 3 – 0 hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi. Unda turk futbolchilardan  Burak Yilmaz va Zeki Chelik bittadan gol kiritdi. Ligadagi 6 – musobaqada 4 – g‘olibiyatini qo‘lga kiritgan Lill, Twitter hisobidan turk tilida “Qirol” deb yozar ekan yoniga Turkiya bayrog‘ini ilova etishni ham kanda qilmadi.



Aloqador xabarlar