Matbuot sharhlari 10.09.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1488297
Matbuot sharhlari 10.09.2020

Star gazetasi: Sharqiy Orta yer dengizida Turkiyasiz tashlangan har bir qadam muvaffaqiyatsizlikka mahkumdir. Vitse – prezident Fuat O‘ktay Turkiyaning Gretsiya bilan Sharqiy O‘rta yer dengizidagi muammoni diplomatik yo‘llardan hal qilish say – harakati ichida ekanligini qayd etdi. Sharqiy O‘rta yer dengizida Turkiyasiz tashlangan har bir qadamning muvaffaqiyatsizlikka mahkum ekanligini ta’kidlagan O‘ktay, “Oruch Reis seysmik tadqiqot kemamiz ma’lum dastur doirasida faoliyatlarini davom ettirmoqda. Uglevodorod faoliyatimiz bugungacha o‘z kontinental shelfida va xalqaro huquq qoidalariga ko‘ra olib borilmoqda. Bundan keyin ham huddi shunday davom etadi.” dedi.

Vatan gazetasi: Hulusiy Akar germaniyalik kasbdoshi bilan Sharqiy O‘rta yer dengizidagi oxirgi vaziyatni qo‘lga oldi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar Germaniya Mudofaa vaziri Annegret Kramp - Karrenbauer bilan telefon orqali muloqat qildi. Unda Sharqiy O‘rta yer dengizidagi oxirgi vaziyat bosh bo‘lish bilan birga o‘zaro va mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalarida fikr almashdi.

Sabah gazetasi: Mevlut Chavushoglu germaniyalik kasbdoshiga irqchilik va chet elliklarga qarshi dushmanlikni faqatgina birgalikda va qat’iy qarorlilik bilan yengish mumkinligini qayd etdi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu 2000 – yilning 9 – sentabri kuni Germaniyaning Nyurnberg shahrida qatl qilingan Enver Shimshekning vafot etishining yigirmanchi yilligida, kasbdoshi Haiko Maas tomonidan Twitter orqali qoldirilgan postga, “Haiko, ko‘rsatgan munosabatingdan minnatdorman lekin 20 yil ichida bunga qarshi kurashda ko‘p narsa qilolmaganimiz ham haqiqat. Irqchilik va chet elliklarga qarshi dushmanlik masalasini faqatgina birgalikda va qat’iy qarorlilik bilangina yenga olishimiz mumkin.” deb javob berdi.

Hürriyet gazetasi: Turkiya, 2021 – yili 5 foizdan ortiq osishi mumkin. G‘aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak, yangi turdagi koronavirus (Covid – 19) pandemiyasining tezligiga bog‘liq Turk iqtisodiyotining 2021 – yili 5 foizdan ortiq o‘sish qayd etishi mumkinligini ma’lum qildi. Barcha yetakchi ko‘rsatkichlarning Turkiya jihatidan eng yomonning ortda qolganligi haqida ma’lumot berganini ifoda etgan Albayrak, yilning ikkinchi yarmida tezlik bilan tiklanish kutganliklarini bildirdi. 

Yeni Şafak gazetasi: Türksat 5A yil yakunida kosmoska yuboriladi. Türksat 5A sun’iy yo‘ldoshi shu yilning oxiriga qadar kosmosga yuboriladi. Uning xizmatga tushishi bilan ma’lumotlarni uzatishdan tashqari Turkiya, Sharqiy O‘rta yer dengizi, Yevropa, Shimoliy Afrika va Janubiy Afrikani o‘z ichiga olgan muhitda ask etish imkoniga ega bo‘ladi. Türksat 5A, Turkiyaning faol flotida to‘rtinchi axboratlashish sun’iy yo‘ldoshidir



Aloqador xabarlar