Matbuot sharhlari 04.09.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1484817
Matbuot sharhlari 04.09.2020

Haber Türk gazetasi: “Turkiyaning haq – huquq va manfaatlarini har doim, har joyda himoya qilamiz.” Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Germaniya kansleri Angela Merkel bilan videomuloqat orqali uchrashdi. Prezident Erdo‘g‘an ushbu uchrashuvda, Gretsiyaning o‘z boshimcha va nohaq munosabatining ba’zi davlatlar tomonidan qo‘llab – quvvatlanishining qabul qilinmay turgan darajada noto‘g‘ri ekanligini eslatib o‘tgan holda, xalqaro huquqni nazar - pisand qilmagan tashabbuslarga qarshi Turkiyaning haq – huquq va manfaatlarini har doim, har joyda himoya qilajaklarini ta’kidladi.

Vatan gazetasi: NATO Turkiya bilan Gretsiyaning muzokara otkazish haqida qaror qabul qilganini ma’lum qildi. NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg, Turkiya va Gretsiyaning Sharqiy O‘rta yer dengizidagi masala yuzasidan duch kelgan muammosi haqida gapirdi. Bu haqida yozma ravishda bayonot bergan Stoltenberg, “Turk va yunon yetakchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar natijasida ikkala ittifoqdosh o‘lka Sharqiy O‘rta yer dengizida harbiy to‘qnashuvning oldini olish mexanizmini tashkil etish niyatida NATOda texnik uchrashuvlar boshlatish ustidan kelishib oldi.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Sabah gazetasi: Turkiya: “Hech qanday shartsiz muloqatga tayyormiz.” Tashqi Ishlar vazirligi NATO Bosh kotibining Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasidagi tashabbusi haqida bayonot berdi. Gretsiyaning ham bu tashabusni qo‘llab – quvvatlashi kutilgani ta’kidlangan bayonotda, Turkiyaning Gretsiya bilan barcha masalani xalqaro huquq asosida, odilona ravishda hal qilish uchun hech qanday shartsiz muloqat qilishga tayyor ekanligi qayd etildi.

Hürriyet gazetasi: “Turkiya pandemiya jarayonida yaxshi ishlar qildi.” Amerikadagi Turk jamiyati uyushtirgan Covid – 19 jarayoni haqidagi veb - seminarning bu galgi mehmoni professor doktor Mehmet O‘z bo‘ldi. Mehmet O‘z Turkiyada yo‘lga qo‘yilgan davolash tizimining tafsiloti haqidagi savollarga javob berar ekan bu haqida, “Turkiya judayam yaxshi ishlar qildi. Shifokorlar Turkiyada maqul protokollar yo‘lga qo‘ymoqda. Texniklar a’lo darajada yuritilmoqda.” dedi. O‘z shuningdek, Turkiyadagi keksalarning dunyoning boshqa davlatidagi keksalarga solishtirganda o‘zini yana – da yaxshiroq himoya qilganini ham so‘zlariga ilova etdi. 

Star gazetasi: Turkiya keyinhcalik energiya markaziga aylanishi mumkin. Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi “Gulf State Analytics” geosiyosiy xavf masalasi bo‘yicha maslahatchi shirkatda ishlagan eronlik Energiya xavfsizligi analisti Omid Shukriy, Turkiya tomonidan Qora dengizda topilgan tabiiy gaz zaxirasining, mintaqada boshqa zaxiralarning ham borligidan xabar berganligini va kerakli shartlar ta’minlangudek bo‘lsa unda Turkiyaning mintaqaning energiya markazlaridan biriga aylanishini qayd etdi.



Aloqador xabarlar