Matbuot sharhlari 27.08.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1480035
Matbuot sharhlari 27.08.2020

Hürriyet gazetasi: Prezident Erdogan Turkiyaning Orta yer dengizi masalasidagi haqqini himoya qilishda qarorli ekanliklarini qayd etdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kecha Mush viloyatida Malazgirt g‘alabasining 949 – yilligi munosabati bilan uyushtirilgan dasturda ishtirok etdi. “Qorguvning ajalga foydasi yo‘q. Turkiya O‘rta yer dengizida ham, Egey va Qora dengizda ham o‘z haqqini oladi.” degan Erdo‘g‘an, “Buning uchun siyosiy, iqtisodiy, harbiy jihatdan nimalar qilinishi kerak bo‘lsa bajarish borasida qarorimiz qat’iydir. Hamsuhbatlarimizni o‘ziga kelishga, harob bo‘lishlariga yo‘l ochadigan noto‘g‘ri harakatlardan uzoq turishga chaqiramiz.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Haber Türk gazetasi: Antaliyaga 3 kunda 100 ming sayyoh keldi. Turizm tarmog‘i takror jonlangan Antaliyada chet eldan 3 kunda 510 uchoq orqali 100 ming yo‘lovchi keldi. Antaliya aeroporti Bosh direktori Deniz Varol, “Bu raqam judayam muhim. Chet eldan yangi yildan beri 1 million 300 ming yo‘lovchining Antaliyaga kelganiga guvoh bo‘ldik. Bu raqamning deyarli yarmi faqatgina avgust oyining o‘zida keldi.” dedi.

Vatan gazetasi: Rossiya Turkiyaga, birgalikda vertolyot ishlab chiqarishga tayyor ekanligini bildirdi. Rossiya Vertolyotlari Bosh direktori Andrey Boginskiy, Turkiya bilan vertolyot texnologiyalari va uni ishlab chiqarish borasida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini qayd etdi. Boginskiy, “Mavzu bozordagi vaziyat va ishlab chiqariladigan mahsulotlarning kelajagi bilan bog‘liq. Shu sohada hamkorlik qilishga tayyormiz.” dedi.

Star gazetasi: Xalqaro pul jamgarmasi Turk iqtisodchiga katta vazifa berdi. Turk iqtisodchi Jeyla Pazarbashio‘g‘lu Xalqaro pul jamg‘armasi strategiya, siyosat va ko‘rib chiqish bo‘limi yetakchisi deb tayin qilindi. Jamg‘arma tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Pazarbashio‘g‘luning yangi vazifasini 15 – sentabr kuni qabul qilib olishi aytildi.

Sabah gazetasi: Kulluobada 5 ming yillik palitra topildi. Eskishaharning Seyitgazi tumanida 1996 – yildan beri davom etgan Kulluoba qazish ishlarida, toshdan yasalgan 5 ming yillik palitra topildi. Palitraning, chanoqlarning boyalishi uchun foydalanilgani tahmin qilinmoqda.



Aloqador xabarlar