Matbuot sharhlari 10.08.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1470138
Matbuot sharhlari 10.08.2020

 


Sabah gazetasi: “COVID-19ga qarshi kurash bo’yicha Turkiya 10 ta dori vositasi va 8 ta vaksina ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda” srlavhasi bilan xabar berdi.
Xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiyada TUBITAK yetakchiligida tashkil etilgan “COVID-19ga qarshi Turkiya platforumi” 10 ta dori vositasi va 8 ta vaksina ishlab chiqish ustida ish olib borganligini ma’lum qildi.

“Vaksina ishlab chiqish faoliyatlarimiz bo’yicha ikkita vaksina hayvonlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi, hatto ulardan birini odamlarda klinik sinovlarini o‘tkazishga ruxsat olindi”, -deb ma'lum qilgan Erdo‘g‘an. 

 

Hurriyat gazetasi: “Hulusi Akardan bayonot” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar kecha Iroq chegarasidan bergan bayonotida, Panja harbiy amaliyoti doirasida shu kungacha 83ta jangari yo’q qilinganligini ma’lum qildi. Ayni vaqtda ko’p miqdorda qurol-aslaha va o’q-dori qo’lga kiritilganligini bildirdi.

 

Vatan gazetasi: “Dunyoda ilk bor biz ishlab chiqardik” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank: “Salmonella tezkor tashxis qo’yish kitini dunyoda birinchi bo’lib, biz ishlab chiqardik. Pantentini oldik. Xitoy bizga murojaat qildi va mamlakatimizdan texnologiya transferi bilan bu jihozdan olmoqchi bo’lyabdi”,-dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “7 oyda 368 mln dollar eksport” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, O’rta yer dengizi mebel, qog’oz va o’rmon mahsulotlari eksportchilari ittifoqi (AKAMİB) joriy yilning dastlabki 7 oyida 368 mln dollar miqdorida eksport amalga oshirdi. Ittifoq yetakchisi Onur Kilicher: “İyulda Fransiyaga eksportimiz 100 foiz oshdi, Germaniyaga esa 60 foiz nisbatida ortish bo’ldi. Amerikaga mahsulot eksportida 68 foiz ortishni qo’lga kiritdik”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot sharhlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar