Matbuot sharhlari 17.07.2020

Xabar Turk gazetasi: “Vazir Hulusi Akarning Armanistonga qattiq reaksiyasi”

1456879
Matbuot sharhlari 17.07.2020

 

Xabar Turk gazetasi: “Vazir Hulusi Akarning Armanistonga qattiq reaksiyasi”

Milliy Mudofaa Vaziri Hulusi Akar Armanistonning Ozarbayjonga qarshi hujumlarini  qattiq qoraladi va "Ular ochgan kumpastlarning ostida qoladi,  kumpastga cho'kib ketadi va ular qilgan amallarining   hisobin beradi " dedi. Akar Ozarbayjonni  har  doim bo’lganidek qo'llab-quvvatlashga davom etishlarini bildirdi.

Star: "Aliyev: Butun dunyo bizning Turkiya bilan chinakam qardosh ekanligimizni ko'rdi"

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston kuchlari tomonidan Ozarbayjonning tinch aholi punktlarini o'qqa tutishi haqida "Biz kuchli  bir armiya tuzdik. Tog'liq  Qorabog'da masalasida  orqaga  biron qadam ham qo'ymaymiz dedi. Turk xalqiga va Prezident Rajab Toyyib Erdo’g'anga ko'rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildirgan Aliyev, "Butun dunyo bizning  chinakam  birodar ekanligimizni ko'rdi" deya qayd etdi.

Vatan: "Angliyaning mavsumdagi birinchi sayyohlik guruhi Antaliyaga  keldi"

Turkiya va Angliya o'rtasida sayohatda yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) tufayli  vaqtincha chora-tadbirlar bilan  tanaffus  berilgan  parvozlarning tiklanishi bilan harakatlana  boshladi . Kovid-19 tarqalish jarayonining yaxshilanishi bilan Buyuk Britaniyaning birinchi sayyohlik guruhi sayyohlik shahri Antaliyaga keldi. Yaqin kunlarda Buyuk Britaniyaning sayyohlik faolligi oshishi kutilmoqda.

Hurriyat: "Rossiyalik sayyohlar Turkiyaga keladi.

Turkiyaga eng ko’p sayyoh yuborgan mamlakatlar qatorida birinchi o’rinda Rossiya turadi.  Rossiya bilan reyslar yangidan boshlash  xushxabarini transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailo'g'li berdi.Xabarlarga ko'ra, Turkiyaga tashrif buyurgan Rossiyalik sayohatchilar sonining sezilarli o'sishi kuzatilmoqda. O'tgan yili 7 million sayyoh Turkiyaga tashrif buyurdi va Antaliya uchun 6 millionni tanladi.

Sabah: “Turk Havo Yo'llari (THY) eng ko'p parvoz qilgan ikkinchi aviakompaniya bo'ldi”

Koronavirus tufayli xalqaro reyslarini to'xtatgan va 11 iyun kuni xalqaro reyslarini qayta  boshlagan THY, 15-iyul, chorshanba kuni 568 reys bilan Yevropaning ikkinchi aviakompaniyasiga aylandi. Istanbul aeroporti 421 ta reysni amalga oshirdi va Yevropaning eng gavjum aeroportlari orasida to'rtinchi o'rinni egalladi.1

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar