Matbuot sharhlari 14.07.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1454805
Matbuot sharhlari 14.07.2020

Sabah gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an Putin bilan uchrashdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan kecha telefon orqali muloqat qildi. Erdo‘g‘an bilan Putin unda ikkala mamlakat munosabatlarini rivojlantirishdan tashqari mintaqadagi tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik uchun hamkorlikni davom ettirish masalasida kelishib oldilar.

Hürriyet gazetasi: Mevlut Chavusho‘g‘lu Armanistonni qattiq ogohlantirdi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoglu kecha Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining TRT Haber telekanalining tuz efir dasturida tunov kuni Ozarbayjon – Armaniston chegarasida yuz bergan toqnashuvga toxtalgan holda, “Armaniston oziga kelsin. Aks holda barcha imkonlarimiz bilan Ozarbayjonning yonidamiz” dedi.

Star gazetasi: Hami Aksoy Ayasofiya masalasidagi Borrellning sozlariga e’tiroz bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Hami Akso‘y Yevropa ittifoqining Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati Oliy vakili Josep Borrellning Ayasofiya haqidagi bayonotlariga javob berdi va Akso‘y bu haqida, “Yana bir bor Ayasofiyaning Turkiyaning mulki ekanligini va uning maqomining o‘zgartirilishi ham doxil Ayasofiya haqidagi har qanday qarorining faqatgina Turkiyaning mustaqil fikriga tayanishini ta’kidlab o‘tmoqchiman. Hech kim Turkiyaning mustaqillik haqqiga aralasha olmaydi” dedi.

Vatan gazetasi: Adolat va taraqqiyot partiyasi Matbuot xizmati kotibi Chelik, Ayasofiya masalasi haqida batonot berdi.  O‘mer Chelik Markaziy qaror va ijro qo‘mitasi yig‘ilishi ortidan Ayasofiyaning ibodatga ochilishi ortidan BMTning maorif, fan va madaniyat tashkiloti (UNESCO) tomonidan madaniy meros sifatida saqlanib qolish yoki  qolmasligi masalasida, “Ayasofiya, ham jome’ masjidi, ham jahon madaniy merosining ulug‘vor makoni sifatida hashamatli ko‘rkamini aks ettirishni davom ettiradi” dedi.

Haber Türk gazetasi: Mustafa Varank: “May oyida eng tez qayta tiklangan uch davlatdan biri boldik.” Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank, sanoat ishlab chiqarish ma’lumotlari bo‘yicha bergan bayonotida, Turkiyaning may oyida eng tez qayta tiklangan ilk uch davlatdan biri bo‘lganini qayd etdi.



Aloqador xabarlar