Matbuot sharhlari 30.06.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1446106
Matbuot sharhlari 30.06.2020

Yeni Şafak gazetasi: “The Independent: Fransiya Liviya masalasida Turkiyani ayblab hammaga masxara bolmoqda. Butun dunyo Liviyada uzoq yillardan buyon qo‘llab – quvvatlagan to‘ntarishchi Hafter duch kelgan mag‘lubiyat ortidan Turkiyaga gap otib o‘z aybini bekitishga uringan Fransiyaning ahvolini gapirishni davom ettirmoqda. The Independent gazetasi ham bu haqida, “Fransuz rasmiylar, Liviya siyosatlarini himoya qilish uchun Turkiyani ayblab, masxara bo‘lmoqda” degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Star gazetasi: Vengriya Tashqi Ishlar vaziri Janubiy Kipr va YIga qattiq e’tiroz bildirdi. Vengriya Tashqi Ishlar vaziri Peter Szijjarto, Janubiy Kiprga bo‘lgan tashrifi chog‘ida Yevropa ittifoqiga a’zo bir necha davlatning Turkiya haqida dunyo hamjamiyati oldida farqli, yopiq eshiklar ortida farqli gapirganini eslatib o‘tgan holda, “Turkiya – YI munosabatlaridagi eng buyuk muammo Turkiyaga nisbatan ikki yuzlamachi munosabatda bo‘lishlikdir” dedi.

Vatan gazetasi: Berat Albayrak: Turkiyaning iqtisodiyotiga bolgan ishonch ortmoqda. G‘aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak, “Turkiyaning iqtisodiyotiga bo‘lgan ishonch ortmoqda. Aprel oyida 51.3 foizni tashkil etgan Iqtisodiy ishonch indeksi may oyida 61.7 ga, iyun oyida esa 73.5 foizga o‘sdi. 2020 – yilni shunday davom ettirib, kelasi yilda buni yana da ko‘taramiz” dedi.

Sabah gazetasi: Mahalliy va milliy elektr poyezdi xizmatga tushdi. Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank mahalliy va milliy elektr poyezdining xizmatga tushganini va fabrika sinovlarining boshlashini qayd etdi. Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailo‘g‘lu ham, “Bu yilning oxirida xizmatga tushadi va qisqa vaqt ichida yo‘lovchi tashishni boshlaymiz” deya gapirdi.

Hürriyet gazetasi: Uchta davlatda logistika markazi quriladi. Pandemiya jarayoni bilan birga dunyoda elektron tijorat usulining keng tarqaganini ifoda etgan Transport va infratuzilma vaziri Adil Karaismailo‘g‘lu, “Britaniya, Germaniya va Rossiyada elektron tijorat omborxonalari quramiz. Maqsad, elektron tijorat platformamizni mintaqadagi eng yirik 5 markazdan biriga aylantirish” dedi.



Aloqador xabarlar