Matbuot sharhlari 24.06.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarnig qisqacha to‘plami.

1442314
Matbuot sharhlari 24.06.2020

Yeni Şafak gazetasi: Fransiya Prezidenti Makronning qopol sozlariga Turkiya qattiq e’tiroz bildirdi. Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Hami Aksoy, “Fransiya Prezidenti Makronning yurtimizning Birlashgan Millatlar tashkilotining tegishli qarorlari va talabiga muvofiq Liviyaning qonuniy hukumatiga bergan yordamini xavfli o‘yin deb baholashi noto‘g‘ri tushunchadangina iborat.” dedi.

Sabah gazetasi: Bild gazetasi Turkiyaga maqtov yogdirdi. Germaniya kantsleri Merkel, Turkiyaga bo‘lgan tashrifini cheklashni davom ettirar ekan sayyoh sifatida Antaliyaga kelgan Bild muxbiri, Turkiyaning koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash chora va tadbirlari haqida yozdi. “Antaliya aeroportining Berlindagi Tegel aeroportidan yana – da yaxshiroq ekanligi qayd etilgan xabarda, “Qutqaruvchi niqob taqmoqda” degan sarlavha bilan Michael Quandt (Майкл Квандт) imzosi bilan chop etilgan xabarda, sayohatda ko‘rilgan chora va tadbirlar bisqichma – bosqich tushintirib berildi. 

Hürriyet gazetasi: Mudofaa sanoati rahbari Demir, mikro sun’iy yoldoshni uchirish sanasini ma’lum qildi. Prezidentlik apparati Mudofaa sanoati rahbari professor doktor Ismail Demir, mikro sun’iy yo‘ldoshning Covid – 19 dan salbiy ta’sir ko‘rmasligini eslatib o‘tgan holda, Turkiyaning sun’iy yo‘ldosh firmasi bo‘lishini qayd etd. Demir, “Mikro sun’iy yo‘ldoshning uchirilishi uchun 2025 – yilni kutyapmiz” dedi.  

Star gazetasi: Turkiyaning NATOdagi yangi harbiy tashkiloti. Dengiz Xavfsizligi  Mudofaa Markazi qo‘mondonligi (MARSEC COE), Turkiya NATOga akkreditatsiya qilingan ikkinchi, NATOning esa 26 - Mudofaa Markazi qo‘mondonligi sifatida “xalqaro harbiy tashkilot” statusiga qovushdi.

Vatan gazetasi: Turk firmalari Indoneziyani baza sifatida foydalanilishi mumkin. Indoneziyaning jamoat ishlari va aholi punkti vaziri Basuki Hadimuljono, Turkiyadan kiritiladigan investitsiyalarni rag‘batlantirmoqchi ekanligini eslatib o‘tgan holda, “Turk firmalari Osiyo bozoriga kirish uchun Indoneziyadan baza sifatida foydalanishi mumkin” dedi.



Aloqador xabarlar