Matbuot sharhlari 10.06.2020
Turk matbuotida bugun chop etilgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.
Yeni Shafak gazetasi: Turkiyada yashash sharoiti jadal ravishda qayta tiklanmoqda. Turkiyada yashash sharoiti yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi doirasida qayta tiklanishni davom ettirmoqda. Shu asosda 65 yoshdan katta fuqarolar har kuni soat 10:00 dan 20:00 gacha tashqariga chiqish imkoniga ega. 18 yoshdan kichiklar ota – onasi hamrohligida istagan vaqtida tashqariga chiqishi mumkin. Restoran, kafe va qiroatxonalarning bekilish soatii 22:00 dan 24:00 deb o‘zgartirildi. Kino – teatr kabi san’at markazlari ma’lum qoidalarga muvofiq 1 – iyuldan e’tiboran xizmat bera boshlaydi. Nikoh doiralari 15 – iyundan, to‘yhonalar esa 1 – iyuldan e’tiboran xizmatga tushadi.
Vatan gazetasi: Chavusho‘g‘lu: "Dunyoning 125 ta davlatining talabiga javob berdik" dedi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, koronavirus jarayonida Turkiyaning boshqalariga yordam yetkazib berish masalasida erta harakat qilganini eslatib o‘tgan holda bugungacha yordam so‘ragan dunyoning 125 ta davlatining talabiga javob berilganini va bundan buyon ham yordam berish faoliyatlarini davom ettirmoqchi ekanliklarini qayd etdi. Chavusho‘g‘lu shuningdek, muhojirlarning muammosi masalasida esa, “Bir o‘zimiz buning uddasidan chiqolmaymiz. Hamjihatlikka ehtiyojimiz bor” dedi.
Hürriyet gazetasi: Liviya haqidagi qarorni Turkiya beradi. Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq davlat kotibi o‘rinbosari Metyu Brayza, Liviya armiyasi to‘ntarishchi Hafter kuchlariga qarshi maydonda g‘alabaga erisha boshlar ekan bu haqida, “Turkiya bundan buyon Liviya haqida qaror berish kuchiga ega” dedi. Ortidan Turkiyani “Qilgan ishlari ustidan maqtansa arziydigan o‘lka” deb baholadi. Bryza, Hafterning Liviyani bo‘lishga va bosib olishga uringanini qayd etdi.
Star gazetasi: Turkiya haqning va ezilganlarning yonida bo‘lishlikni tanladi. Qatarning Anqara elchisi Salim Mubarak al – Shofiy 2017 – yilning 5 – iyunida Doha bilan aloqalarini uzgan Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab amirliklari, Bahrayn va Misr tomonidan mamlakatiga nisbatan yo‘lga qo‘ygan sanksiyaga 3 yil bo‘lganini eslatib o‘tdi. Qatarlik elchi, “Turkiya sanksiyalarga qarshi o‘zini yomon niyatlilardan uzqolashtirib prinsiplari asosida, haq va ezilganlarning yonida bo‘lishlikni tanladi. Turkiyaning tanlovi, munosabati va siyosatlariga loyiq edi. Turkiyaning bu say – harakatini yuqori baholaymiz” dedi.
Haber Türk gazetasi: Chet ellik investorlar uchun qulaylik yaratildi. Istanbul moliya markazi maqsadlariga muvofiq kapital bozorlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish yo‘lidagi harakatlarini davom ettirmoqda. Shu doirada G‘aznachilik va Moliya vazirligi, markazi Belgiyada joylashgan Euroclear bank bilan hamkorlikka qo‘l qo‘ydi. Buning natijasida chet ellik investorlar mahalliy banklarda hisobi bo‘lmasa ham qulaylikla Turk lirasi, chet el valyutasi va oltinga erisha oladi.
Aloqador xabarlar
Matbuot sharhlari: 14.11.2024
Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.