Matbuot sharhlari 04.06.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1429372
Matbuot sharhlari 04.06.2020

 

 

Sabah gazetasi: “Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziridan Turkiyaga minnatdorlik”

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Jordon Brovn COVID-19ga qarshi kurashishda ko’maklashish maqsadida Turkiya tomonidan yuborilgan gumanitar yordamlar uchun minnatdorlik bildirar ekan: “Yordam uchun turk xalqiga minnatdorlik bildirmoqchiman”,-dedi.

Turkiyaning mintaqadagi kuchiga diqqat qaratgan Brovn: “Umid qilamanki, Turkiya kelgusida nafaqat mintaqa siyosatida, balki O’rta Yer dengizi mintaqasi siyosatida ham faol ro’l o’ynaydi”,-dedi.

 

Star gazetasi: “Yaponiyadagi taniqli professor Kanekoning Turkiya haqidagi izohi”

Yaponiyaning taniqli professorlaridan biri Satoshi Kaneko global pandemiyaga qarshi kurashish jarayonida butun dunyoga yordam ko’rsatganligini taqdirladi. Yapon olim Kaneko: “Turkiya Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga amal qilgan holda muvaffaqiyatli natijalarga erishdi”,-dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Turkiyadan mahalliy pul birligi bilan savdo”

Turkiya 2019 yili mahalliy pul birligi lira vositasida 7.6 mlrd dollar qimatida eksport, 11.1 mlrd dollar qiymatida import amalga oshirdi. Maqsad mahalliy pul birligi bilan savdoni yanada jonlantirishdir. Xitoy bilan mahalliy pul birligi vositasida savdo qilish masalasini muhokama qilganligini ma’lum qilgan Turkiya savdo vaziri Ruhsor Pekjon: “Yana ham dolzarb shartnomamiz mavjud. Buning hajmini yanada oshirishimiz zarur. Janubiy Koreya, Malayziya, Hindiston va Yaponiya bilan mahalliy pul birligida savdo qilish masalasini muhokama qilyabmiz”,-dedi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya xabarlashuv sun’iy yo’ldoshi ishlab chiqaradigan 10 davlat qatoridan joy oladi”

Turkiya Transport va poydevor vaziri Odil Karaismailog’li: “Respublikamizning 100 yilligida (2023 yil) Turkiya dunyoda xabarlashuv sun’iy yo’ldoshini ishlab chiqara olgan 10 davlat qatoridan joy oladi”,-dedi.

“Turksat 5A 2020 yilning oxirgi choragida, Turksat 5B 2021 yilning ikkinchi choragida, Turksat 6A 2022 yili kosmosga uchiriladi”,-dedi Transport va poydevor vaziri.

 

Vatan gazetasi: “Boshiga 1 mln lira qo’yilgan qidiruvdagi terrorist taslim bo’ldi”

Turkiyaning Diyarbakir viloyati Xavfsizlik boshqarmasi tomonidan qidiruvda bo’lgan PKK terror tashkiloti yetakchilaridan biri bo’lgan terrorist taslim bo’ldi. Uning boshiga 1 mln lira pul mukofoti tikilgandi. Terrorist Hakkaridagi xavfsizlik kuchlariga taslim bo’ldi. Joriy yilda davlatga taslim bo’lgan terroristlar soni 82 nafarga yetdi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar