Matbuot sharhlari 21.05.2020

Bugungi turk matbuotida o‘rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to‘plami.

1421201
Matbuot sharhlari 21.05.2020

Sabah gazetasi: Chavushoglu kasbdoshi Lavrov bilan uchrashdi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu kecha Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqat qildi. Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko‘ra ushbu muloqat chog‘ida yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi, turizm va mintaqaviy masalalar qo‘lga olingan.

Hürriyet gazetasi: Hulusiy Akar, 1411 terroristning yoq qilinganini ma’lum qildi. Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar Suriya va Iroqning shimolidagi terrorga qarshi kurashning uzluksiz davom etganini eslatib o‘tgan holda, 1 – yanvardan beri 1411 terroristning yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

Haber Türk gazetasi: Ibrahim Kalin, Isroilning anneksiya qilish rejasiga qarshilik korsatdi. Prezidentlik apparatining Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Isroilning anneksiya qilish va bosib olish rejasiga qarshilik ko‘rsatdi. Kalin bu borada, “Isroilning G‘arbiy sohilni anneksiya qilish rejasini rad etib, butun dunyoni bunga qarshilik ko‘rsatishga chaqiramiz. Turkiya, Falastin tuproqlarining anneksiya qilinishi va bosib olinishi siyosatiga qarshi tashlanadigan barcha qadamlarini qo‘llab – quvvatlaydi” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Star gazetasi: Faxrettin Kojadan bayonotlar. Sog‘likni Saqlash tashkiloti vaziri Faxrettin Ko‘ja yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi ko‘rilgan chora va tadbirlarning xalq tomonidan qabul qilinganini qayd etdi. Faxrettin Ko‘ja, kecha ilmiy kengash yig‘ilishi ortidan uyushtirilgan matbuot anjumanida, koronavirusga qarshi kurashning yaqin kunlarda eng yirik safarbarlik bo‘lishini belgilab o‘tdi. Ko‘ja, “Holat soni ming nafardan kamayganida, bu kamayish muvaffaqiyatning oxirgi bosqichining ko‘rsatkichiga aylanadi” dedi.

Vatan gazetasi: May oyi iste’molchilarning ishonchi indeksi e’lon qilindi. Turkiya Statistika qo‘mitasi, may oyi bo‘yicha iste’molchilarning ishonchi indeksini e’lon qildi. Unga ko‘ra ishonch indeksi may oyida aprel oyiga nisbatan 8.5 foizga ortdi; aprel oyida 54.9 bo‘lgan indeks, may oyida 59.5 ni tashkil etdi.

 



Aloqador xabarlar