Matbuot shahrhlari 07.05.2020

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1412858
Matbuot shahrhlari 07.05.2020

Hürriyet gazetasi: Faxrettin Koja: “Birinchi davrni tamomladik. Ikkinchi davrning nomi kontröllü sosyal hayat (ijtimoiy hayotni nazorat ostida davom ettirish)”. Sog‘likni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja, Turkiyaning koronavirusga qarshi kurashda birinchi davrni tamomlab, ikkinchi davrga kirganini qayd etdi. Ko‘ja, “Yangi davr uchun yangi nom berishni maqul deb to‘pdik. U ham bo‘lsa Kontrollü Sosyal Hayat. Bu davrda yo‘lga qo‘yiladigan ikkita qoida bordir. Birinchisi ko‘chaga chiqilganida niqob taqishlik, ikkinchisi esa masofani saqlashdir” dedi.  

Vatan gazetasi: Chavushoglu: 128 ta davlat Turkiyaga murojaat qildi. Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, dunyoning 128 ta davlatining Turkiyadan tuhfa, eksport yoki xarid qilib olish yo‘lida tibbiy ashyolar bo‘yicha yordam so‘raganini, qariyb yarmini ta’minlaganliklarini qayd etdi. Chavusho‘g‘lu, “Dunyo davlatlarining uchdan ikki qismi Turkiyadan tibbiy ashyolar bo‘yicha yordam so‘radi. Bu vaziyat Turkiyaning qanchalik ishonchli manbaa ekanligining ko‘rsatkichidir” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Sabah gazetasi: Elchilar Turkiyaning koronavirusga qarshi kurashiga maqtov yogdirdi. Anqarada koronavirus jarayoni haqida gapirgan 7 nafar elchi, Turkiyaning pandemiyaga qarshi kurashiga maqtov yog‘dirdi. Turkiyaning virusga qarshi kurashda yetakchi davlatlardan biri ekanligini belgilab o‘tgan elchilar, filyatsiya tizimining yordamida dunyoning boshqa davlatlaridagi holat soni ortar ekan Turkiyadagi holatlar sonining pasayishiga e’tibor qaratdi. 

Star gazetasi: Mashhur investorMark Mobius Turkiya haqida ijobiy mazmunda bayonotlar berdi. Mashhur investor Mark Mobius, koronavirus inqirozida Turkiyaning jahon savdosida o‘z o‘rnini mustahkamlashi mumkinligini eslatib o‘tgan holda buning Turkiyaga, bir necha tarmoqda katta imkon tug‘dirishini qayd etdi.

Yeni Şafak gazetasi: Turkiyani faxrlantirgan mukofat. Turkiyaning Izmir shahrida joylashgan Iqtisodiyot universiteti qoshidagi Tibbiyot fakulteti o‘qituvchisi doktor Deniz Jeylan, bipoyar buzilish kasalligining qon testi orqali aniqlanishi ustidan olib borgan faoliyati bilan, xalqaro mukofatga sazovor deb topildi. “Yosh tadqiqotchi mukofati”ni olgan Jeylan, Turkiyada ushbu mukofatga ega bo‘lgan uchinchi kishidir.

 



Aloqador xabarlar