Matbuot sharhlari 05.05.2020

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1411330
Matbuot sharhlari 05.05.2020

Hürriyet gazetasi: Turkiyada hayot sharoiti oz orniga tusha boshladi. Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan Turkiyada, hayot sharoiti o‘z o‘rniga tusha boshladi. Rejalarga ko‘ra 10 – may haftaning dushanba kunidan e’tiboran ko‘chaga chiqishlari man etilgan 65 yoshdan kattalarga birinchi bosqichda, to‘rt soat tashqariga chiqish imkoni beriladi. Bu qoida, 20 yoshdan kichiklar uchun ham ikki guruh olaroq yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek sartaroshxona, go‘zallik salonlari va savdo markazlari 11 - maydan e’tiboran o‘z faoliyatini yurita oladi.   

Star gazetasi: Fransiyalik Mourad Ghazli, butun dunyoga Turkiya haqida jar solmoqda. Antaliyada koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash haqida bir marketta suratga olgan videolavhasi, butun dunyoga yoyilgan fransiyalik Mourad Ghazli, bu gal esa kim ekanligini isbotlovchi hujjati orqali, xohlagan dorixonasidan 5 dona tibbiy niqob olgan videolavha bo‘lishdi. Ghazli unda, Prezident Erdo‘g‘anning xalqiga bo‘lgan muomalasiga e’tibor qaratar ekan, bu videolavhasi ham qisqa vaqt ichida on minglab kishi tomonidan tomosha qilindi.

Haber Türk gazetasi: Pandemiya ortidan Turkiya joziba markaziga aylanadi. “MUSAID” mustaqil sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi raisi Abdurahmon Kaan, butun dunyoni qurshab olgan Covid – 19 pandemiyasi jarayonida Turkiyaning, qanchalik kuchli davlat ekanligini ko‘rsatganini ifoda etdi. Kaan, tarmoqlardagi har qanday infratuzilmalarning tayyor ekanligini, pandemiya ortidan Turkiyaning joziba markaziga aylanishini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Vatan gazetasi: Gretsiyaning “veltolyotimiz provakatsiya qilindi” degan sozlariga Turkiya javob berdi. Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Hami Aksoy, Gretsiya Milliy Mudofaa vazirini tashigan vertolyotning turk urush uchoqlari tomonidan provakatsiya qilinganligi haqidagi iddiosining haqiqatdan uzoq ekanligini qayd etdi. Turk urush uchoqlarining Egey dengizida har doimgi faoliyatlarini ijro etganini ifoda etgan Aksoy, “Har doimgi faoliyatlardan kamchilik qidirish ishining Gretsiyaga hech qanday foydasi yo‘q” dedi.  

Yeni Şafak gazetasi: Mahalliy videokonferentsiya dasturi: Dialog (Muloqat). Uzoqdan faoliyat olib borish shart – sharoitida katta ishonch bergan mahalliy videokonferentsiya dasturi “Dialog”, bu oyda foydalanilishga topshiriladi. Undan foydalanish uchun hech qanday dastur yuklash ehtiyoji tug‘dirmagan “Dialog” orqali qo‘shimcha talabsiz a’lo darajadagi sifatda muloqat o‘rnatish imkoni bor. Undan vaqt bilan ham cheklanmay bemalol foydalanish mumkin. Mahsulotning, do‘st va ittifoq davlatlarga eksport qilish imkonlari ham yuqori.   



Aloqador xabarlar