Matbuot sharhlari 29.04.2020

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1407850
Matbuot sharhlari 29.04.2020

Haber Türk gazetasi: Erdo‘g‘an, “Dunyodagi o‘zgarish Turkiyaga yangi imkonlar yaratmoqda.” Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi kurashdan qutilish uchun chora ko‘rishni davom ettirishning qanchalik ahamiyatli ekanligini qayd etdi. Dunyodagi o‘zgarishlar Turkiya uchun yangi imkon darvozalari ochayotganiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an, bu davrda, ko‘rilgan choralarga amal qilgan yurttoshlarga minnatdorchilik bildirdi. Erdo‘g‘an, pandemiya chora va tadbirlari bosqichma bosqich bekor qilinganida Turkiyada ishlab chiqarish faoliyatlarining takror jadal tus olishini ifoda etdi.

Sabah gazetasi: Turkiyada ochildi. Dunyoda ilk bo‘lish xususiyatiga ega. Istanbul Tibbiyot fakultetida Covid – 19 infektsiyasiga chalingan bemorlarni kuzarish markazi ochildi. Turkiyada va dunyoda ilk bo‘lish xususiyatiga ega bo‘lgan markaz, Covid – 19 infektsiyasiga og‘ir ahvolda chalingan bemorlarning sog‘ayishidan keyingi jarayonini 1 – 3 – 6 - 9 va 12 – oylarda kuzatish orqali paydo bo‘lish ehtimoli bor bir necha muammolarni aniqlaydi. Markaz, bu orqali patsientlarni bir yilgacha kuzatish imkoniga ega bo‘ladi.  

Hüriyet gazetasi: Rossiyada o‘pka kasalligiga chalingan talaba, tez yordam uchog‘i orqali Turkiyaga olib kelindi. Sog‘likni Saqlash vaziri Faxrettin ko‘ja, Rossiyada amaliyot qilinmagan va o‘pka kasalligiga chalingan bemor Haluk Hasan Seyithano‘g‘luning tez yordam uchog‘i orqali Turkiyaga olib kelinganini ma’lum qildi. Bu haqida Twitter orqali ma’lumot bergan Faxrettin Ko‘ja, “Rossiyada amaliyot qilinmagan birodarimiz, Prezidentimizning buyrug‘i bilan davolana boshladi. Tez kunlarga sog‘ayib ketishini tilab qolaman” dedi.   

Yeni Şafak gazetasi: Chet elliklar hatto ko‘rmay turib Turkiyadan uy xarid qilib olmoqda. Pandemiya tufayli Turkiyada chet elliklarga mart oyidan e’tiboran internet orqali uy - joy sotish ishlari boshladi. Turkiyaga kelolmagan chet elliklarning qiziqishi Facetime, Zoom, Skype va Whatsapp kabi online platformalarga ko‘chib o‘tdi. Yangicha ko‘z qarash, texnologik imkonlar va Turkiyaning sog‘likni saqlash tarmog‘ida qo‘lga kiritgan muvaffaqiyati xalqaro hamjamiyatda talab ortishiga yo‘l ochdi. Mart oyida, chet elliklarga online tarzda sotilgan uylardan qo‘lga kiritilgan daromad 100 million liradan oshdi.  

Star gazetasi: Turkiya xalqaro yuk tashish bo‘yicha yangi qarorlar qabul qildi. Transport va infratuzilma vazirligi Turkiyaning xalqaro yuk tashish bo‘yicha qabul qilgan yangi qarorlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra Rossiya va Qozog‘iston bosh bo‘lish bilan birga Markaziy Osiyodan Turkiyaga yuk olib kelgan haydovchilar uchun yo‘lga qo‘yilayotgan 14 kunlik karantin muddati, “haydovchilar transportidan tushmay, belgilangan qoidalarga amal qilib, 72 soat ichida mamlakatdan chiqib ketkudek bo‘lsa” yo‘lga qo‘yilmaydi. Transportlar mamlakatga kirganidan keyin Transportlarni kuzatish tizimi orqali kuzatiladi.  

 



Aloqador xabarlar