Matbuot sharhlari 25. 03. 2020

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1384962
Matbuot sharhlari 25. 03. 2020

Haber Türk gazetasi: Prezident Erdogan koronavirus kasalligiga e’tibor qaratdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, prezidentlik apparati kabina a’zolari bilan telekonferentsiya orqali o‘tkazgan uchrashuvini Twitter hisobidan bo‘lishdi. Erdo‘g‘an unda yangi turdagi koronavirus (Kovid - 19) ga qarshi kurashdagi barcha tashkilotlar faoliyatini yaqindan kuzatganliklarini va ular bilan birgalikda qadam tashlayotganliklarini qayd etdi.

Hürriyet gazetasi: Turkiyada yangi turdagi koronavirusga qarshi milliy vaktsina yasash harakati boshladi. Sog‘likni Saqlash vazirligi Faxrettin Ko‘ja yangi turdagi koronavirus (Kovid - 19) ga qarshi milliy vaktsina yasash harakati boshlaganini ma’lum qildi. Faxrettin Ko‘ja bu haqida, “Vazirligimiz qoshidagi vaktsina instituti Kovid - 19 ga qarshi vaktsina yasash harakatini boshladi. Umid beruvchi har bir ilmiy sa’y - harakatlarni qo‘llab - quvvatlaymiz. Moliya vazirligimiz ham bunga mablag‘ topishga tayyor” dedi.

Sabah gazetasi: Ilmiy kengash a’zolaridan Yamanel: “Turkiyadagi bemorlarda tez shifo topish holatlari kuzatilishi mumkin” dedi. Sog‘likni saqlash vazirligi qoshidagi Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tuzilgan ilmiy kengash a’zosi professor doktor Levent Yamanel, Xitoydan olib kelingan dorining koronavirus kasallarini davolash yo‘llarida foydalanila boshlaganini qayd etdi. Yamanel, “Endigina foydalana boshladik. Bu dorilardan foydalanish ortidan bemorlar yana - da tez vaqt ichida shifo topishi mumkin. Dorining judayam ta’sirli va kuchli ekanligini bilamiz” dedi.

Yeni Shafak gazetasi: Turk olimlar ishlab chiqargan diagnostika vositasi natijasida koronavirus holati 10 - 20 daqiqada natija beryapdi. Anqaradagi biotexnologiya firmalaridan biri tomonidan ishlab chiqarilgan diagnostika vositasi kamida 10, eng ko‘p 20 daqiqada natija bermoqda. Ruminiya bosh bo‘lish bilan birga dunyoning turli mamlakatlari bilan tanishtirilgan va yuborilganligini eslatib o‘tgan tadqiqotchi shifokor va gen muhandisi Senem Shimshek, diagnostika vositasini Yevropa davlatlari bilan Yaqin Sharq mamlakatlariga yuborganliklarini ifoda etdi.

Star gazetasi: Milliy Mudofaa vazirligi qoshida koronavirusga qarshi kurash markazi ochildi. Milliy Mudofaa vazirligi qoshidagi qarorgohlarda koronavirus infeksiyasining oldini olish faoliyatlarini boshqarish maqsadida maxsus markaz ochildi. MMV Hulusiy Akar, “Askarlarning xavfsizligi uchun kechayu kunduz mehnat qilyapmiz. Bugungacha hech qanday holat aniqlanmadi. Buning bundan keyin ham davom etishi uchun o‘z vazifamizni tamomlaymiz” dedi.



Aloqador xabarlar