Matbuot sharhlari 10.03.2020

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1375817
Matbuot sharhlari 10.03.2020

Hürriyet gazetasi: Prezident Erdo‘g‘an Yevropa e’tiborini Suriyadagi inqirozga qaratdi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an kecha Belgiya poytaxti Bryusselda NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg bilan mushtarak bayonot berdi. Prezident Erdo‘g‘an unda Suriyadagi gumanitar inqirozga Yevropaning e’tiborsiz qololmasligini belgilab o‘tgan holda, “Hech qaysi Yevropa davlati Suriyadagi urush va gumanitar inqirozni jimjirt tomosha qilib o‘tirish huquqiga ega emasdir” dedi.

Haber Türk gazetasi: Berat Albayrak: “Inflyatsiyadagi 8.5 foizlik osishga bu yil erishamiz” dedi. G‘aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak, inflyatsiyadagi qarorlilik, biz ko‘zlagan 8.5 foizlik o‘sishga bemalol erishishimizni ko‘rsatyapdi. Shunday ekan hech qanday shubhaga o’rin yo‘q” dedi.

Sabah gazetasi: Farih Donmez Akkuyuning birinchi reaktorining 2023-yili ishga tushishini qayd etdi. Energetika va tabiiy manbaalar vaziri Fatih Do‘nmez tamomlanganida Anqara va Izmirning elektr energiyasi ehtiyojiga teng miqdorda ishlab chiqarish ishlari yo‘lga qo‘yadigan Akkuyu AESdagi faoliyatlarning uzluksiz davom etganini ma’lum qildi. Do‘nmez shuningdek, “Akkuyuning birinchi reaktori 2023-yili ishga tushadi” dedi.  

Vatan gazetasi: Fahrettin Koja koronavirus haqida bayonot berdi. Sog‘likni saqlash vaziri Fahrettin Koja kecha Turkiyada koronavirus kasalligiga chalinganlarning yo‘qligini qayd etdi. Turkiyaning o‘z vaqtida chora ko‘rganini ta’kidlagan Sog‘likni saqlash vaziri, “Xavotirga o‘rin yo‘q. Tegishli davlat organlari kerakli chorani ko‘rmoqda. Hatto dunyoning boshqa hech qaysi davlati bilan solishtirib bo‘lmaydigan darajada qattiq chora ko‘rilmoqda” dedi.

Star gazetasi: NATO mashgulotida Turkiyaning ajoyib muvaffaqiyati. Milliy Mudofaa vazirligi NATOning DYNAMIC MANTA mashg‘ulotida Turkiya uchog‘ining mashg‘ulotda ishtirok etgan 4 ta ittifoq davlat shu jumladan Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Fransiya va Germaniya uchoqlari orasida eng yuqori faoliyat saviyasiga erishganini qayd etdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar