Matbuot sharhlari 04.03.2020

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1371742
Matbuot sharhlari 04.03.2020

Star gazetasi: Tashqi ishlar vaziri Chavusho‘g‘lu: “Hech kimni Turkiyada majburlab olib o‘tirolmaymiz”. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu muhojirlar haqidagi bayonotida, “Yevropa ittifoqi Yevropa va insoniyat qadriyatlarini hurmat qilishi darkor. Yangi muhojirlar oqimini ko‘tarolmasligimizni qayta - qayta yetkazdik. Hesh kimni Turkiyada majburlab ushlab turolmaymiz” dedi.  

Sabah gazetasi: Obyektlar bir emas bir necha uchuvchisiz havo vositasi tomonidan nishonga olindi. Turkiya, dunyoda birinchi marotaba bir emas bir necha uchuvchisiz havo vositasidan bir vaqtning o‘zida foydalandi. Turk Qurolli kuchlari tomonidan Idlibda uyushtirilgan “Bahor qalqoni” amaliyotida obyektlar bir necha uchuvchisiz havo vositasi yordamida yo‘q qilindi. Anqara va Hataydagi buyruq berish va boshqarish markazlaridan “Bayraktar TB2” rusumidagi bir to‘da uchuvchisiz havo vositasi rejim kuchlarini, ularning og‘ir qurollari va o‘q-dori omborxonasini vayron qildi.

Vatan gazetasi: Dunyoning eng kuchli harbiy-havo kuchlari aniqlandi. Xalqaro Global Firepower tashkilotining 2020-yilgi hisobotiga ko‘ra Turk Qurolli kuchlari birinchi o‘nlikka kiritildi. Turkiya 9 - qatorda o‘rin olgan ro‘yhatning birinchi qatoriga AQSh kiritildi.

Yeni Şafak gazetasi: Vermikulit mineralini avval import yoli orqali qolga kiritar ekanmiz bugungi kunga kelib eksport qilish kuchiga ega bo‘ldik. Qishloq xo‘jaligidan sanoat sohasigacha bo‘lgan ishlab chiqarish tarmog‘ida foydalanilgan vermikulit minerali, sirli xususiyatlarga ega. U ilitilganida 10 barobarga o‘sar ekan Turkiyada birinchi marotaba Sivasda chiqarildi. Ushbu mineralni Turkiya avvallari dunyoning boshqa davlatlaridan xarid qilib olar ekan bugungi kunga kelib uni dunyoga eksport qiladigan darajaga yetdi.

Hürriyet gazetasi: Chet elliklar ishlov berilmagan 5 kg oltin olib kelish huquqiga ega. Turkiya Respublikasi bilan fuqarolik aloqasi yo‘q va mamlakatga kirgan kuni 18 yoshidan o‘tgan yo‘lovchilar, bir yilda eng ko‘p 5 kg, shaxsiga oid ishlov berilmagan oltinni Turkiyaga olib kirish huquqiga ega.

 



Aloqador xabarlar