Matbuot sharhlari 24.02.2020

Turkiyada nashr qilingan gazetalardan sharhlar...

1365195
Matbuot sharhlari 24.02.2020

 

Star gazetasi: “Turkiyaning kuchi dunyoda sezilmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiya iqtisodiy, harbiy, siyosiy va madaniy jihatdan har joyda o’z kuchini ko’rsatayotganligini ta’kidladi.

Turkiyaning salohiyatini xorijga ziyoratlari chog’ida ham sezib turganligini ta’kidlagan Erdo’g’an: “Turkiya bo’lgan har joyda va butun dunyoda o’z kuchini ko’rsatadigan mavqega erishdi”,-dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Biz qat’iymiz, mulkimizni va haqqimizni hech kimga berib qo’ymaymiz” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri Fotix Do’nmez Sharqiy O’rta Yer dengizida davom etayotgan uglevodorod xomashyo geologiya-qidiruv ishlariga doir bayonot berdi.

Mintaqada kiprlik turklarning huquqi borligini ta’kidlagan Fotix Do’nmez uglevodorod xomashyo resurslarini qidirish ishlari davom etishini ma’lum qildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Minglab turklar Germaniyadagi hujumni qoraladi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, germaniyalik turklar Hessen shtatiga qarashli Hanay shahrida 19 fevral kuni tunda ikki kafega sodir etilgan va 10 kishining o’limiga olib kelgan qurolli hujumni qoraladi. Qurbonlar orasida 4 nafar turk ham bor. Bu voqeadan so’ng, minglab insonlar Germaniyada terrorizm va islomofobiyaga qarshi miting o’tkazdilar. Mitingga nafaqat Germaniyaning turli shaharlaridan, balki Yevropaning boshqa davlatlaridan va xatto Turkiyadan ham juda ko’plab namoyishchilar ishtirok etishdi.

 

Hurriyat gazetasi: “THY turizm bo’yicha parvozlar sonini oshirmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turk Havo Yo’llari bu yil yoz mavsumida Antaliya, Izmir, Dalaman va Bodrumga haftada jami 98 reys amalga oshiradi. Antaliyaga haftalik reyslar soni 100 foiz oshirilib, haftada 14 reysga chiqariladi. Dalaman aeroportiga esa haftada Londondan 7 reys, Moskvadan 3 reys, Omman va Kiyevdan haftada 2 reys amalga oshiriladi.

Bodrumga London, Quvayt va Munihdan haftada 4 marta, Izmirga Berlin, Munih, Dusseldorf, Hamburg va Quvaytdan haftada jami 5 marta reys amalga oshiriladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot sharhlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar