Matbuot sharhlari 19.02.2020

Turkiyada nashr qilingan gazetalardan sharhlar...

1362470
Matbuot sharhlari 19.02.2020

 

                          

Yeni shafak gazetasi: “Idlibga harbiy vositalarni yetkazish davom etadi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya prezidentlik matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin vazirlar mahkamasi yig’ilishi davom etar ekan, matbuotga brifing berdi.

Suriyaning Idlib viloyatidagi asosiy masala Sochi memorandumiga qayta amal qilish ekanligini tilga olgan Ibrohim Kalin, Idlibni qo’riqlash va tinch aholini himoya qilish uchun mintaqaga harbiy texnika va vositalarni yuborish davom etishini ma’lum qildi.

 

Star gazetasi: “Chavushog’lidan Gretsiya prezidentiga keskin javob” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li Gretsiya prezidenti Prokopis Pavlopulosning g’arbiy Fraqiyaga tashrifi chog’ida turk musulmon etnik xalqlarni “Musulmon yunon etnik xalq” sifatida ifoda etishini qoraladi.

“Demokratiyaning beshigi bo’lmish bir davlatning rahbari musulmon turk etnik xalqni “yunon musulmon etnik xalq” deb tilga olgan. Xattoki, Yevropa Inson huquqlari sudining bu xususdagi ko’plab qarorlariga qaramay… Siz nima desangiz deyavering. G’arbiy Fraqiyadagi turk etnik xalqi asrlardir turkdir va abadiy turk bo’lib qoladilar”,-deb aytgan Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li.

 

Sabah gazetasi: “O’mar Chelikning Moskvadagi Idlib muzokaralariga doir bayonoti” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Ak partiya kotibi O’mar Chelik kecha Rossiya poytaxti Moskvada Idlibga bag’ishlangan Turkiya-Rossiya muzokaralariga doir bayonot berdi.

“Suriya qo’shini avvalgi chegaralariga chekilmagan taqdirda, ularni uzoqlashtirish uchun zarur harbiy tayyorgarliklar qat’iy amalga oshirilganligi qarshi tomonga yetkazildi”,-deb aytgan Ak partiya kotibi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turk olimlar Antarktidaga qadam bosdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Antarktidaga 4-Milliy ilmiy safarini amalga oshirgan turk delegatsiyasi 15 ming km kvadrat masofa bosib o’tib, oppoq qit’aga yetib bordi.

Turkiya sanoat va texnologiya vaziri Mustafo Varank bu haqda bayonot berdi. Vazirning ta’kidlashicha, turk olimlar Horseshoe orolida taxminan bir oy mobaynida ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini olib boradi.

Xabar turk gazetasi: “Poytaxt Ankarada Turkiya Respublikasi Prezidenti kutubxonasi majmuasi ochilmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, ertaga 20 fevral kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘anning tashrifi bilan saljuqiy, O‘smoniy va zamonaviy arxitektura namunalari aks etgan va 7 kun 24 soat xizmat beradigan kutubxonaning ochilish marosimi bo’lib o’tadi.

Qurilish ishlari 2016-yili boshlangan kutubxonaning ustki qismi 125 ming kvadrat metrga teng bo’lib, u ayni vatqning o‘zida 5 ming kishiga xizmat bera olish imkoniyatiga ega.  

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot sharhlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar