Matbuot sharhlari 18.02.2020

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1361834
Matbuot sharhlari 18.02.2020

Hürriyet gazetasi: Chavusho’g’lu: “Turkiya bilan Rossiyaning hamkorligi davom etmoqda”. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, kecha Rossiyaning “Izvestiya” gazetasiga bergan bayonotida Turkiya va Rossiyaning Idlib masalasidagi oxirgi kelishuv uchun hamkorlik ishlarini davom ettirganini ma’lum qilgan holda, “Suriya muammosining Turkiya - Rossiya o’rtasidagi hamkorlikka salbiy ta’sir ko’rsatishiga yo’l qo’ymasligimiz kerak” degan ifodalarga o'rin berdi.

Sabah gazetasi: Turkiyaning uchta yirik GESida elektr energiyasi ishlab chiqarish ishlari 106 foizga ortdi. Ataturk, Karakaya va Keban gidroelektr stansiyasida 2019-yili ishlab chiqarilgan energiya miqdorida 2018-yilga nisbatan 106 foiz ortish kuzatildi. Nomi tilga olingan stansiyalarda 2018-yili 11 milliard 49 million kilovatt-soat bo’lgan energiya ishlab chiqarish o'tgan yili 106 foizga o'sib, 22 milliard 790 million kilovatt-soatga chiqdi.

Star gazetasi: Italiya Turkiyaning mahalliy avtomobiliga maqtov yog’dirdi. Italyan kurator professor Luka Molinari Turkiya avtomobilini zamonaviy va yaxshi dizayn qilinganini eslatib o’tgan holda, uning atrof-muhit sifatini orttirishini qayd etdi. Molinbari mahalliy, milliy va milliy xususiyatlarga ega mazkur avtomobilning o’zgaruvchan global sharoitda ishlab chiqarilganiga e’tibor qaratgan holda, “Yaxshi dizayn va arxitektura xalq va jamiyatning ko’zgusidir” dedi.   

Yeni Şafak gazetasi: Turkiya aholisining 52.4 foizi baxtli, 70 foizi esa umidli. Turkiya statistika qo’mitasi kecha 2019-yilgi“Hayotdan qoniqish va uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari natijalarini” ma’lum qildi. Unga ko’ra Turkiyada o’zining baxtli ekanligini bayon etgan 18 va undan katta yoshdagi shaxslar nisbati 2019-yili 52.4 foizni tashkil etar ekan ayni davr mobaynida kelajagidan umidvorlar nisbatini 70 foiz deb qayd etildi.  

Vatan gazetasi: Inson organlarining uch o'lchovli xaritasini tuzdi. Germaniyada umr surgan va biotexnologiya tarmog’ida faoliyat olib borgan turk olim doktor Ali Erturk va guruhi, inson ko’zi va buyragining uch o’lchovli xaritasini chiqarishga muvaffaq bo’ldi. Erturk faoliyatlarining, saraton kasalligida va hatto miyaning xaritalanishida katta yangiliklarga yo’l ochishi mumkinligi aytilmoqda.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar