Matbuot sharhlari 06.02.2020
Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

Yeni Şafak gazetasi: Prezident Erdo'g’an: “Rejim ortga tisarilmagudek bo’lsa unda muammoni shaxsan o’zimiz hal qilamiz” dedi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Idibda turk askarlariga qarshi qo’l urilgan hujumning Turkiya jihatidan Suriyada yangi davrning boshlang’ichi ekanini qayd etdi. “Turk askarlarining qoni oqqan nuqtada hech narsaning avvalgidek davom etishiga ruxsat bermaymiz” degan Erdo'g’an, “Rejim fevral oyida nazorat nuqtalarimizning ortiga chekinmagudek bo’lsa unda Turkiya bu ishni shaxsan o’zi hal qilishga majbur bo’ladi” degan ifodalarga o'rin berdi.
Hürriyet gazetasi: Prezident Erdo'g’an: “Mahalliy raketamizni eng qisqa vaqt ichida Suriya chegarasiga joylashtiramiz” dedi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an mahalliy imkonlar bilan ishlab chiqarilgan HISAR-A raketa tizimini eng qisqa vaqt ichida Suriya chegarasiga joylashtirmoqchi ekanliklarini qayd etdi. Uzoq masofali havo mudofaa tizimi bo’lgan Siper ustida olib borilgan faoliyatlarining ham ancha ilgarilab qolganini ta’kidlagan Erdo’g’an, “Mahalliy urush uchog’imizni 2023-yili angardan chiqaramiz. Turkiyani F-35 larni bermaslik bilan popisa qilganlarga eng to’g’ri javobni milliy urush uchog’imiz orqali bergan bo’lamiz” deya gapirdi.
Vatan gazetasi: Suriya chegarasiga 100 ta harbiy konvoy yuborildi. Suriyada Bashar al-Asad rejimi unsurlari tomonidan nazorat nuqtasiga qarshi qo’l urilgan hujum ortidan chegara bo’linmalariga Turk Qurolli kuchlari, kommandos guruhi, o’q-dori va harbiy trasportlar o’rin olgan harbiy konvoy yuborildi. Turkiyaning turli nuqtalaridan yuborilgan qariyb 100 ta harbiy konvoy Hatayning Hassa, Kirikhan va Reyhanli tumaniga yetib bordi. Harbiy konvoylar xavfsizlik choralari ko'rilgan holda chegara bo'linmalariga yo'naltirildi.
Star gazetasi: Turkiya Yevropa ittifoqi bilan bo’lgan munosabatlarida yangi sahifa ochmoqchi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Yevropa ittifoqi tarkibida Turkiyaga qarshi salbiy ko’z qarashlar borligini, ishonchsizlikning borgan sayin terang tus olganini qayd etdi. Irqchilikning, Yevropaning qadriyatlarini larzaga sola boshlaganini ta’kidlagan Chavusho’g’lu, “Sharqiy O’rta yer dengizidagi uglevodorod faoliyatimiz, Tinchlik bulog’i amaliyotimiz va Liviya masalalarida YI qabul qilgan qarorlar munosabatlarimizda taranglik yaratdi. O’rtamizda muammoga aylangan bu masalalarda munosabatimizni yana-da orttirishimiz darkor” dedi.
Haber Türk gazetasi: Turk iqtisodiyoti chidamli. Xitoyda yangi turdagi koronavirusning paydo bo’lishi va xalqaro miqyosdagi salbiy o’zgarishlarga qarshi Turkiya bozorlari chidamli chiqdi. Istanbul birjasi yanvar oyida 1.5 foizga ko’tarildi. Holbuki huddi shu davrda rijojlangan birjalar 4.7 foizga pasaydi. Turkiyaning global to’lqinlarga qarshi chidamli chiqisihida tarkibiga kirgan kon'yunkturaning o’rni bor albatta. Iqtisodiyot o’sish yo’lida. Moliyaviy aktivlarda ham ortish kuzatilmoqda.