Matbuot sharhlari 22.01.2020

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1345290
Matbuot sharhlari 22.01.2020

 

 

Hurriyat gazetasi:“Yevropa Ittifoqi chetlatuvchi emas, birlashtiruvchi bo’lishi kerak” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Shveysariyaning Davos shahrida bo’lib turgan Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li kecha G’arbiy Bolqonlar diplomatik muloqoti anjumanida ishtirok etdi.

Anjumanda so’zga chiqqan Mavlud Chavushog’li: “Ayni paytda biz bir Bolqon davlati sifatida Bolqonlarning barqarorligi, u yerdagi qardoshlarimizning tinchligiga katta ahamiyat beramiz. Yevropa Ittifoqi mintaqadagi davlatlarga bergan va’dalarini bajarishi zarur. Yakkalovchi emas, birlashtiruvchi bo’lish kerak”,-dedi.

 

Xabar turk gazetasi:“Rossiya va Turkiya mudofaa vazirlari Sergey Sho’ygu va Hulusi Akar muloqot qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Sho’ygu bilan Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar telefon orqali muloqot qildi.

Ikki yetakchi suhbat chog’ida, Yaqin sharqdagi o’zgarishlar, jumladan Idlib va Liviyadagi so’ngi vaziyatni muhokama qildi.

 

Sabah gazetasi:“Mustafa Varank Eron prezidenti o’rinbosari Sattoriy bilan uchrashdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank kecha Turkiyada bo’lib turgan Eronning bilim va texnologiyalardan mas’ul prezident o’rinbosari Sorena Sattoriy bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Mustafa Varank Turkiya va Eron o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish nafaqat ikki davlat o’rtasidagi aloqalarga, balki mintaqa farovonligiga hissa qo’shishini ta’kidladi.

“O’zaro sa’y-harakatlarimiz bilan ayniqsa sanoat va texnologiya bo’yicha hamkorligimizni yana ham yuqori bosqichlarga ko’tarishimizga ishonaman”,-deb aytgan Turkiya sanoat va texnologiya vaziri.

 

Star gazetasi:“Turkiya Afrikada ma’dan qidiradi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya energetika va tabiiy manbalar vaziri Fotix Do’nmezning ta’kidlashicha,  Turkiya ma’dan sohasidagi tajribalarini Niger davlati bilan o’rtoqlashmoqchi. Shu sababli Niger janubi-g’arbidagi uchta ma’dan konida hamkorlikda ish olib boriladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot sharhlari , #Turkiya

Aloqador xabarlar