Matbuot sharhlari 21.01.2020

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

Matbuot sharhlari 21.01.2020

Sabah gazetasi: Prezident Erdo'g’an Berlindan qaytar chog’ida Turkiyaning dunyo davlatlari oldidagi javobgarchiligiga to’xtaldi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiyaning Liviyadagi o’rnining tinchlikning o’rnashiga bo’lgan umidlarning ortishiga yo’l ochganligini qayd etdi. Prezident Erdo'g’an Germaniyadagi dasturi ortidan yurtga qaytar chog’ida uchoqda muhim bayonotlar berdi. Berlinda Liviyadagi muammolarni hal qilish masalalari ustidan o’tkazilgan konferentsiya haqida, “Biz kuchli davlat ekanmiz unda dunyoning boshqa davlatlarining bizdan nimalardir kutishi tabiiy holdir. Turkiya tinchlikning kalitidir. Liviya masalasi ustidan biz tashlagan qadamlar jarayonga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. Shunday ekan maydonda ham, muzokarada ham siyosiy jarayonni qo’llab-quvvatlashni davom ettiramiz” degan ifodalarga o'rin berdi.

Yeni Şafak gazetasi: Ibrahim Kalin: “Berlin sammiti Liviyada to’qnashuvlarning to’xtashi va muammoni siyosiy yo’llar orqali hal qilish uchum muhim imkon hisoblanadi” dedi. Prezidentlik apparatining Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin kecha Berlin sammiti haqida muhim bayonotlar berdi. Kalin bu haqida, “Berlin sammiti Liviyada to’qnashuvlarning to’xtashi va muammoni siyosiy yo’llar orqali hal qilish uchum muhim imkon hisoblanadi” dedi. Shuningdek Prezident Erdo'g’anning samarali va ko’p qirrali diplomatiyasining Turkiyani jarayonni asosiy aktyorlariga aylantirganligini ifoda etdi.

Haber Türk gazetasi: Berat Albayrak muhim masalalarga e’tibor qaratdi. G'aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak 2019-yilni baholash yig’ilishida nutq so’zladi. Unda u, 2020-yilning yaxshi yil bo'lishini qayd etgan holda, “2020-yil bitta raqamli inflyatsiya bilan kirilgan yil bo’ladi” dedi.  

Hürriyet gazetasi: Chet elliklar o’tgan yili eng ko’p Istanbul va Antaliyadan uy-joy xarid qilib oldi. Chet elliklarga 2019-yili eng ko’p Istanbul, Antaliya va Anqaradan uy-joy sotildi. Istanbuldagi sotishlar o’tgan yili 2018-yilga nisbatan 46.2 foizga ortgan holda 20 ming 857 taga yetar ekan Antaliyada 8 ming 951, Anqarada esa 2 ming 539 ta uy-joy sotildi.

Star gazetasi:TEKNOFEST 2020 quyoshi “Sharqdan yuksaladi”. TEKNOFEST bu yil milliy kurashning g’oziy shahri Gaziantepda uyushtiriladi. Ikki yildan beri tashrif buyurgan soni jihatidan rekord o’rnatgan dunyoning eng yirik aviatsiya, kosmik va texnologiyalar festivali TEKNOFEST 2020-yilning 22-27 sentabri kunlari Gaziantep aeroportida bo’lib o’tadi.  



Aloqador xabarlar