Matbuot sharhlari 14.01.2020

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

Matbuot sharhlari 14.01.2020

Sabah gazetasi: Moskvadagi Liviya masalasi ustidan o’tkazilgan uchrashuvlar, Turkiya diplomatiyasining g’alabasi hisoblanadi. Rossiya poytaxti Moskvada Liviya masalasi ustidan o’tkazilgan va butun dunyo tomonidan qiziqish bilan kuzatilgan yig’ilish ijobiy tusda tamomlandi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu Liviyadagi o’q uzishni to’xtatish uchun xomaki matn tayyorlaganliklarini qayd etdi. Matnga Milliy Birdamlik hukumati Bosh vaziri Faiz Sarroj qo’l qo’ydi. To’ntarishchi Haftar tomoni esa vaqt talab qildi.   

Vatan gazetasi: Prezident Erdo'g’an Germaniyaga jo’nab ketmoqda. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an “Berlin” konferentsiyasida ishtirok etish maqsadida shu yilning 19-yanvarida Germaniya poytaxti Berlinda bo’ladi. Turkiyaning tashabbusi bilan tuzilgan Liviyadagi o’q uzishni to’xtatish shartnomasi va Sharqiy O’rta yer dengizidagi oxirgi vaziyatlar kun tartibiga olib chiqiladigan eng muhim masalalardan bo’ladi. Konferentsiyada ishtirok etadigan mamlakatlar o’q uzishni to’xtatish shartnomasining doimiyligi va Liviyadagi muammoni siyosiy yo’llar orqali hal qilish masalasi ustidan fikr almashadi.

Haber Türk gazetasi: Kanal Istanbulga chet elliklarning qiziqishi katta. Transport va infratuzilma vaziri Jahid Turhan, “Kanal Istanbul”dan o’tadigan kemalardan olinadigan yillik minimal sof miqdorning 1 milliard AQSh dollari atrofidaligini ma’lum qildi. Niderlandiya, Belgiya va fransuz firmalarining “Kanal Istanbul” loyihasiga bo’lgan qiziqishining kattaligini eslatib o’tgan Turhan, “Kanal Istanbulga nima uchun ehtiyoj bor” degan savolga javob berdi. Turhan, Istanbul Bo’g’ozining xalqaro dengiz transportida foydalanilgan suv yo’li ekanligini va dengiz transportining ko’pligidan tiqilinchga duchor bo’layotganligini belgilab o’tdi.  

Yeni Shafak gazetasi: 12 oylik joriy hisob profitsiti 2 milliard 725 million dollarga yetdi. O’tgan 2019-yilning noyabr oyida joriy hisob balansi defitsiti 518 million dollarni tashkil etishiga qaramay oxirgi marotaba bayon etilgan ma’lumotga ko’ra 12 oylik joriy hisob profitsiti 2 milliard 725 million dollarga yetgan. Sayohatdan olingan sof daromad miqdori, 2018-yilning noyabr oyiga ko’ra 177 million dollarga ortgan holda, 1 milliard 414 million dollarga ko’tarildi.

Star gazetasi: Savdo vaziri Ruhsar Pekjan Afrikaga safar uyushtirmoqda. Savdo vaziri Ruhsar Pekjan yetakchiligidagi hay’at bugun Nigeriyaga safar qilar qilar ekan ular shu fursatdan foydalanib yangi hamkorlik imkonlarining yo’llarini izlaydi. Ruhsar Pekjanning Nigeriya poytaxti Abujaga bo’lgan tashrifi chog’ida unga Afrika mamlakatlari bilan savdo va investitsiya bilan aloqasi bor turk ishbilarmonlari ham hamrohlik qiladi. Pekjan, Nigeriyaga bo’lgan tashrifi ortidan 15-yanvar kuni Marokash-Turkiya Qo'shma qo'mitasi yig'ilishida ishtirok etish uchun Marokash poytaxti Rabatga yo’l oladi.   



Aloqador xabarlar