Matbuot sharhlari 02.01.2020

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1333303
Matbuot sharhlari 02.01.2020

Sabah gazetasi: Vitse-prezident Fuat Oktay, Liviya va Sharqiy O’rta yer dengiziga to’xtalar ekan, “O’yinlarni buzish maqsadida u yerdmiz” dedi. Vitse-prezident Fuat Oktay kecha kun tartibini baholadi. Fuat Oktay unda Liviya va Sharqiy O’rta yer dengizidagi oxirgi vaziyatga to’xtalar ekan bu haqida, “Liviyada, Kiprda nima ishingiz bor deganlarga javobim shu ki, bizga qarshi o’ynalgan o’yinlarni buzish maqsadida u yerdamiz” deya gapirdi.

Hürriyet gazetasi: Salda ko’liga bir yilda 1.4 million sayyoh tashrif buyurdi. Turkiyaning Burdur viloyatining Yeshilova tumanida o’rin olgan va oppoq plyaji, moviy suvlari bilan Turkiyaning Maldivlari degan nom qozongan Salda ko’li, 2019-yili sayyohlar soni jihatidan rekord o’rnatdi. Burdur shahar hokimi Hasan Shildak 2019-yili Salda ko’liga 1 million 400 ming kishining tashrif buyurganini qayd etdi.

Yeni Şafak gazetasi: Turk Havo yo’llari yana 4 ta xalqaro reys uchun kerakli protsedura ishlarini tamomladi. Turk Havo yo’llari Boshqaruv kengashi raisi Ilker Ayji, 2020-yilda firma reyslarini kengaytirish niyatida ekanliklarini eslatib o’tgan holda, “Bu borada Malabo (Ekvatorial Gvineya), Xaneda (Yaponiya), Nyuark (AQSh) va Vankuver (Kanada) nuqtalarida qatnov yo’lga qo’yish uchun kerkli hamma jarayonni tamomladik” dedi.

Vatan gazetasi: Turkiyaning harbiy kemasiga milliy dasturiy ta’minot o’rnatilmoqchi. Turkiyaning eng yirik harbiy kemasiga aylanishga nomzod TCG Anadoluga, dunyoning eng a’lo urush boshqaruv tizimlari ro’yhatida ko’rsatilgan “Advent” integratsiya qilina boshladi.

Star gazetasi: Turk oshxonasi Janubiy Koreyada chempion bo’ldi. Janubiy Koreya poytaxti Seulda uyushtirilgan International Top Chef Grand Prix xalqaro taom pishirish musobaqasida ishtirok etgan, ko’pchiligi ayol oshpazlardan tashkil topgan Turk jamoasi, an’anaviy lazzatlar bilan Turkiyaga 10 ta oltin medal qozondirdi. Turk jamoasi musobaqada 1 soatda asosiy taom sifatida “Hünkar beğendi”, yaxna ovqat sifatida “Vişneli yaprak dolma” (Gilosli barg do’lmasi) va “Humus” (Gumus), shirinliklardan “Irmik helva” tayyorladilar.

 

 

 



Aloqador xabarlar