Matbuot sharhlari 06.12.2019

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

Matbuot sharhlari 06.12.2019

 

                          

Yeni shafak gazetasi:“Erdo’g’an Buyuk Britaniyada matbuotga intervyu berdi: “Navbatdagi sammit Istanbulda bo’ladi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha,Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasining izohiga ko’ra, prezident Erdo’g’an Buyuk Britaniyada jurnalist bilan muloqot qildi.

“To’rtli sammitni kamida yilda bir marta o’tkazishga qaror qildik. Navbatdagi sammitni fevral oyida Istanbulda amalga oshiramiz. Bunga o’zaro kelishib oldik”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

Hurriyat gazetasi: “Mavlud Chavushog’lidan AGITga FETO ogohlantirishi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha,Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog’li Fathulloh Gulen harakatiga a’zo shaxs va tashkilotlar Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (AGIT) ba’zi yig’ilishlarida ishtirok etganligini bildirib, “Ushbu oqim turk demokratiyasiga putur yetkazishga harakat qilgan 2016 yildagi to’ntarishga urinishning asoschilaridir”,-dedi.

 

Vatan gazetasi:“Istanbuldagi sayyohlar soni 5 yilda yuqori marraga erishdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, joriy yilda Istanbul shahriga 12 mln 690 mingdan ortiq sayyoh keldi. Bu so’ngi 5 yilda qo’lga kiritilgan eng yuqori ko’rsatgich deb topildi. Joriy yilning dastlabki 10 oyida Istanbulga kelgan xorijlik sayyohlar ro’yxatida nemislar birinchi o’rinda turibdi. 10 oyda Germaniyadan Istanbulga 965 ming 115 nafar sayyoh kelganligi ma’lum bo’ldi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiyaga xorij investitsiyasining e’tibori kuchaymoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, prezident huzuridagi investitsiya fondi rahbari Arda Ermut dunyoda xorijlik investitsiya kamayganligini, Turkiyaga esa investorlarning e’tibori kuchayganligini ma’lum qildi.

“Dunyoda boshqa davlatlar investitsiya jihatidan Turkiyadagidek yaxshi ko’rsatgichga ega emas. Shu sababli, Turkiya investitsiya imkoniyatlari jihatidan boshqa davlatlardan ajralib turadi”,-deb aytgan prezident huzuridagi investitsiya fondi rahbari.


 

 


Tanlangan kalimalar: matbuot , gazeta , Turkiya

Aloqador xabarlar