Matbuot sharhlari 04.12.2019

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1317625
Matbuot sharhlari 04.12.2019

 

 

Sabah gazetasi:Erdo’g’anyetakchilarga “Strategik ittifoqning kuchli a’zosi Turkiya” nomli kitobini sovg’a qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Londondagi NATO sammitida 3 tilga tarjima qilingan “Strategik ittifoqning kuchli a’zosi Turkiya” nomli kitobini Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kanstleri Angela Merkel va Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Johnsonga sovg’a qildi.

Ingliz, fransuz va nemis tillariga tarjima qilingan kitobini NATOga a’zo davlat sifatida Turkiyaning tashkilotga qanchalik hissa qo’shayotganligi va zimmasiga olgan vazifalar haqida batafsil ma’lumot berilgan.

 

Vatan gazetasi:“Litva Turkiyaga ishonch bildirdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Litva tashqi ishlar vaziri Linas Linkevicius AQShning terror tashkiloti YPG va PKKni tahdid deb baholagan rejaga qarshilik ko’rsatishi natijasida, Turkiya ham NATOning Boltiq davlatlari haqidagi mudofaa rejasini tasdiqlamaganligi xususida Turkiyaga ishonishini, muammoga doir muhokamalar davom etganligini bildirdi.

 

Xabar turk gazetasi:“Qatar Turkiyaga yana 7 mlrd dollar investitsiya kiritadi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Qatar finans markazi direktori Yusuf Al-Jayda Qatar Turkiyaga investitsiya kiritishni davom ettirishini ma’lum qildi. Nafaqat bankchilik sohasida, balki turar-joy sektorida ham 10 mlrd dollarlik majburiyatning 35 foizi amalga oshirilganligini ta’kidlagan Yusuf Al-Jayda: “Turkiyaga yana 7 mlrd dollar investitsiya kiritiladi”,-dedi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Istanbul dunyoda mashhur bo’lgan metropol shaharlar orasida” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, ingliz finans tashkiloti Euromonitor International tomonidan “Dunyoda mashhur bo’lgan metropol shaharlar ro’yxati” e’lon qilindi. Ushbu ro’yxatda Turkiyaning Istanbul shahri o’rin olgan. Oxirgi paytlarda Istanbulga kelgan sayyohlar soni 25.2 foizga oshganligini va shahar xorijlik 14 mln 400 ming sayyohga mezbonlik qilganligiga diqqat qaratilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #gazeta , #Matbuot sharhlari

Aloqador xabarlar