Matbuot sharhlari 08.11.2019

Turkiyada nashr qilingan gazetalardan sharhlar...

1302797
Matbuot sharhlari 08.11.2019

 

                           

Xabar turk gazetasi: “Prezident Erdo’g’anning chaqirig’iga katta e’tibor” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya qishloq-xo’jaligi va o’rmon vazirligining 28 oktyabrda “Kelajakka nafas bo’l!” shiori bilan boshlatilgan kampaniyaga e’tibor katta bo’ldi.

Mazkur kampaniya natijasida 11 mln ko’chat ekish rejalangan edi. Biroq, bir necha kun ichida bu kompaniyaga hissa qo’shganlar soni 12 mln 915 ming 319dan oshdi. Turkiya prezidenti Erdo’g’an ham ushbu kampaniya uchun ommaviy safarbarlik e’lon qilgandi. Barchani 11 noyabr soat 11:11 da butun mamlakat bo’ylab daraxt ekish kampaniyasiga qatnashishga chaqirdi.

 

Yeni shafak gazetasi: “ANKA 26 soat 30 daqiqalik parvozi bilan rekord qo’ydi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, milliy dron ANKA bir sutkadan ko’proq to’xtovsiz parvoz qilib, rekord qo’ydi. 26 soat 30 daqiqa parvoz qilgan ANKA kecha va kunduz hamda salbiy havo shartlariga qaramay, kuzatuv, qidiruv, bir joyda harakatlanish, tashxis, aniqlash va tasvirga tushirish hamda razvedka faoliyatini amalga oshirish qobiliyatini namoyon qildi.

 

Star gazetasi: “AQSh: Turkiya samolyotlarimizni kuzatadi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, AQSh mudofaa vazirligi kotibi Ellen M.Lord Turkiya Rossiyadan xarid qilib olgan S-400 zenit raketa majmualari orqali yaqinda mintaqada parvoz qilgan samolyotlarni kuzatishga tayyor bo’lishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, joriy yil oxiriga tomon bu tizim to’liq ishga tushiriladi.

 

Hurriyat gazetasi: “Millionerlarning depoziti 9 oyda 145.4 mlrd liraga oshdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, hisobida 1 mln lira yoki undan ortiq pul mavjud bo’lgan mijozlar soni 9 oyda 26 ming 763, jami depozitlari 145.4 mlrd liraga ortdi.

Millionerlar soni sentyabr oyida 206 ming 889, jami depozitlari esa 1 trillion 255 mlrd 273 mln lirani tashkil qildi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #xabar , #Turkiya , #gazeta

Aloqador xabarlar