Matbuot sharhlari 05.11.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1300792
Matbuot sharhlari 05.11.2019

Vatan gazetasi: Terror tashkilotining qurol-yaroq omborxonalaridan AQShning minomyotlari topildi. Turk Qurolli kuchlari va Suriya Milliy armiyasi Suriyaning Rasulayn tumanida terroristlarga oid yirik qurol-yaroq omborxonasini topdi. Omborxonadagi qurollarning AQShga oid ekanligi aniqlandi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an, AQShni YPG/ PKK terror tashkilotiga on minglagan yuk tashuvchi mashinalar orqali qurol-yaroq yuborishi bilan ittifoqdoshlik munosabatlariga ziyon yetkazganligi masalasida ogohlantirgandi.

Yeni Şafak gazetasi: Tinchlik bulog’i amaliyotida tinch aholiga, tarixiy/ diniy binolarga ziyon yetkazilmadi. Milliy Mudofaa vazirligi Suriyaning shimolida YPG/ PKK va DEASh terror tashkilotiga qarshi olib borilgan “Tinchlik bulog’i” amaliyoti chog’ida tinch aholiga, tarixiy va diniy binolarga, atrof-muhitga ziyon yetkazilmaganligini ma’lum qildi. Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda “Tel-Abyad va Rasulayndagi cherkovlar amaliyot chog’ida ziyon ko’rmadi” deyildi. Vazirlik tomonidan Twitterda qoldirilgan postda mintaqadagi binolarning fotosuratlariga ham o’rin berildi.

Star gazetasi: Qozog’iston Turkiya investitsiyasining bazasiga aylanishi mumkin. Qozog’istonning Anqaradagi elchisi Abzal Saparbeko’g’lu 10-noyabr kuni Istanbulda o’tkaziladigan Turkiya-Qozog’iston biznes forumidan oldin ikkala mamlakatning iqtisodiy munosabatlarini baholadi. Saparbeko’g’lu, “Turkiya bilan Qozog’istonning imkonlaridan yaxshi foydalanish uchun samarali ish olib borishimiz kerak. Qozog’iston, Turkiyaning ajoyib bazasiga aylanishi mumkin” dedi.

Haber Türk gazetasi: Inflyatsiya oxirgi 3 yilning eng past darajasiga tushdi. Yillik inflyatsiya oktabr oyida 0.7 foizlik kamayish orqali 9.26 dan 8.55 ga tushdi. Bu orqali yillik inflyatsiya qariyb oxirgi 3 yilning eng past darajasini ko’rsatdi. Oktabr oyidagi oziq-ovqat mahsulotlaridagi pasayish, inflyatsiyani tushirdi. G’aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak, “Inflyatsiyaga qarshi kurashimizning natijasini olyapmiz” deya gapirdi.  

Hürriyet gazetasi: Tabiiy gaz va neft konlarini topish uchun dengizda 5 ta burg’lash ishi olib boriladi. Prezidentning 2020-yilgi yillik dasturiga ko’ra davlat kelasi yili energiya tarmog’ida 13 milliard 864 million lira investitsiya kiritishi mumkin. Turkiya, Shimoliy Kipr Turk Respublikasining litsenziyalangan dengiz hududlari bosh bo’lish bilan birga neft va tabiiy gaz konlari topish uchun 2020-yili dengizda 5 ta burg’ulash ishi olib boradi.



Aloqador xabarlar