Matbuot sharhlari 17.10.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1289853
Matbuot sharhlari 17.10.2019

Sabah gazetasi: Prezident Erdo'g’an amaliyotning Manbijdan Iroq chegarasigacha davom etishini ma’lum qildi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an kecha Adolat va taraqqiyot partiyasi guruh yig’ilishida nutq so’zladi. O’z nutqida Suriyaning shimolida olib borilayotgan Tinchlik bulog’i amaliyoti haqida gapirgan Erdo’g’an bu haqida, “Amaliyot Manbijdan Iroq chegarasigacha davom etadi” dedi.

Star gazetasi: Mevlut Chavusho’g’lu, “Terror davlati tashkil etmoqchi bo’lganlarning o’yini buzildi” dedi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu Turkiya tomonidan Suriyaning Firot daryosinig sharqida terror tashkilotiga qarshi olib borilgan Tinchlik bulog’i amaliyoti haqida kecha Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi yig’ilishda deputatlarga ma’lumot berdi. Chavusho’g’lu unda, ba’zi davlatlarning tinchlik bulog’i amaliyotidan bezovta ekanligini buning sababiing esa tashkil etmoqchi bo’lgan terror davlati o’yinining buzilganligiga borib taqalganligini eslatib o’tgan holda, “Hafsalasi pir bo’lganligi uchun bizga bunchalik hujum qilmoqdalar” dedi.   

Vatan gazetasi: Ibrahim Kalin: “Xavfsiz hudud DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashga ziyon yetkazmaydi” dedi. Prezidentlik apparatining Matbuot xizmati Bosh kotibi Ibrahim Kalin, Tinchlik bulog’i amaliyoti haqida, “Turkiya tashkil etmoqchi bo’lgan xavfsiz hudud aslo DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashga ziyon yetkazmaydi” dedi.

Yeni Şafak gazetasi: Tinchlik bulog’i amaliyotida terroristlar ustiga “Firtina to’plari” yog’dirilmoqda. Turk Qurolli kuchlari tomonidan Firot qalqoni va Zaytun novdasi amaliyotida terror obyektlarini yo’q qilishda katta rol o’ynagan va Turkiyada ishlab chiqarilgan T-155 Firtina gaubitsalari Tinchlik bulog’i amaliyotida ham strategik vazifalarda foydalanilmoqda. Firot daryosining sharqidagi YPG/ PKK obyektlarini yo’q qilishda foydalanilgan Firtina gaubitsalari, nishonga aniq urishi orqali terroristlarning qorqinchli tushiga aylanmoqda.

Hürriyet gazetasi: BTJdan 3.3 milliard barrel neft oqdi. Boku-Tbilisi-Jeyhan hom neft quvir liniyasining oxirgi bekati Turkiyaning Adana viloyatining Jeyhan tumanidagi Haydar Aliyev nomidagi dengiz terminalidan 2006-yildan e’tiboran 4 300 dan ortiq tanker orqali 3 314 965 barrel hom neft yetkazib berildi.  

 

 



Aloqador xabarlar