Matbuot sharhlari 01.10.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1279826
Matbuot sharhlari 01.10.2019

Yeni Şafak gazetasi: Prezident Erdo'g’an: Kashikchi jinoyatiga aniqlik kiritish faoliyatlarini davom ettiramiz” dedi. Washington Post gazetasida Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi jinoyati haqida qalamga olgan maqolasi chop etildi. Prezident Erdo'g’an mazkur maqolasida, “Saudiyalik jurnalist Jamol Kashikchi jinoyati, 11-sentabrdagi teraktlar hisobga olinmasa unda XXI asrning eng yirik va mubohasali voqeasidir. Zero 11-sentabrdan beri hech qaysi voqea, xalqaro tartibni bunchalik xavf ostiga qo’ygani yo’q. Dunyo qabul qilgan qoidalarni buzmadi” degan ifodalarga o’rin berdi. Erdo’g’an, “Turkiya sifatida kelasi davrda ham Kashikchi jinoyatiga aniqlik kiritish faoliyatlarini davom ettiramiz” dedi. 

Vatan gazetasi: Berat Albayrak, yangi iqtisodiyotga bag’ishlangan 3 yillik dasturni ma’lum qildi. G’aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak kecha “Yangi Iqtisodiy dastur” deb nomlangan yig’ilishda nutq so’zladi. Albayrak unda, “Yangi Iqtisodiy dastur”ning bu yilgi eng asosiy mavzusining “o’zgarishning boshlanishi” degan sarlavhaga borib taqalishini qayd etdi. Yangi dasturga ko’ra inflyatsiya darajasining prognoz ko'rsatkichlari 2019-yilda 12 foiz; 2020-yilda 8,5 foiz; 2021-yilda 6 foiz va 2022-yilda 4,9 foizni tashkil etadi. O'sish ko’rsatkichlari esa 2019-yil uchun 0,5 keyingi 3 yil uchun 5 foizdan deb belgilandi.

Hürriyet gazetasi: THY Sharqiy Yevropa va Bolqon safarlari uchun chiptalarni chegirma bilan sotuvga chiqardi. Turk Havo yo’llari orqali Sharqiy Yevropa va Bolqon mamlakatlariga sayohat qilmoqchi bo’lgan yo’lovchilar uchun chiptalar chegirma bilan sotuvga chiqarildi. Cheklangan miqdordagi o’rinlar uchun yo’lga qo’yilayotgan mazkur dastur asosida Sharqiy Yevropa va Bolqon mamlakatlarining bir necha nuqtasiga chiptalar 119 AQSh dollaridan boshlagan narxlarda sotila boshladi. Eng muhimi bu chipta narxlari THYning hamma turdagi xizmatlarini ham o’z ichiga oladi.

Sabah gazetasi: Turkiya 8 oyda 31 milliondan ortiq chet ellik sayyohni mehmon qildi. Turkiya turizm tarmog’ida jadal ravishda o’sishni davom ettirmoqda. Sakkiz oyda 31 milliondan ortiq chet ellik sayyohni mehmon qilgan Turkiya, avgust oyida esa o’tgan yilning shu oyiga nisbatan 17.17 foizlik ortish kuzatdi.   

Star gazetasi: Turk Qurolli kuchlarining inventariga milliy lazer quroli ARMOL ham kiritildi. Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank, kecha ijtimoiy tarmoq Twitter orqali qoldirgan postida, milliy lazer quroli ARMOLning qabul sinivlaridan muvaffaqiyatli ravishda o’tgan holda Turk Qurolli kuchlari inventariga kiritilganligini ma’lum qildi.  



Aloqador xabarlar