Matbuot sharhlari 21.08.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1256008
Matbuot sharhlari 21.08.2019

Hürriyet gazetasi: Chavusho’g’li, Idlibdagi turk konvoyini nishonga olgan hujum haqida bayonot berdi. Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Suriyaning Idlib tumanida tunov kuni Turk Qurolli kuchlari konvoyini nishonga olgan hujumga to’xtalar ekan bu haqida, “Rejim olov bilan o’ynashmasligi kerak. Harbiylarimizning xavfsizligi uchun kerakli hamma chorani ko’ramiz” degan ifodalarga o’rin berdi. Chavusho’g’li, mazkur hujumdan keyin rossiyalik rasmiylar bilan kerakli uchrashuvlarning davom etganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.   

Sabah gazetasi: Adiyamanda qadimiy tarixga ega qazilmalar topildi. Turkiyaning Adiyaman viloyatining Tut tumanida, qadimiy tarixga ega qazilmalar topildi. Tuman aholisi tog’lik hududda sayr chog’ida topib olgan toshlar haqida tuman gubernatoriga xabar berar ekan gubernator Yunus Kizilgunesh, 100 million yillik ekanligi tahmin qilingan ushbu qazilma namunalarini, tekshirilishi maqsadida Istanbuldagi Texnik univesitetga yuborganligini ma’lum qildi.  

Vatan gazetasi: Chet ellik investorlarning Turkiyaga bo’lgan qiziqishi ortmoqda. Turkiyaga to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan investitsiyalar o’tgan yilning iyun oyidan boshlab bu yilning iyun oyigacha 6.3 foiz ortgan holda, qariyb 12.4 milliard dollarga chiqdi. Bu yilning yanvar oyidan iyun oyigacha Turkiyaga kelgan chet ellik sarmoya investitsiyalarida Qatar va Angliya birinchilar qatorida o’rin oldi.

Haber Türk gazetasi: Turkiyaning kema va yaxta tarmog’i Uzoq Sharqda rekord o’rnatdi. Bu yilning yanvar oyidan iyul oyigacha bo’lgan davr mobaynida Turkiyaning kema va yaxta tarmog’i Uzoq Sharqqa qariyb 580 million dollarlik eksport yo’lga qo’yar ekan bu orqali nomi tilga olingan mintaqada rekord o’rnatdi. Yilning 7 oyida Hong Kongga 35.5 million, Singapurga 30 million va Yaponiyaga 14 million dollarllik eksport yo’lga qo’yildi.

Star gazetasi: O’zer bilan Taner Kapri orolida. Turkiyaning mashhur urma cholg’ular ustalaridan biri Dincher O’zer va  pianinochi Ruya Taner, Italiyaning sayyohlar tomonidan eng ko’p tanlangan hududi Capri orolida bu yil yigirmanchisi uyushtiriladigan Xalqaro “Capri” musiqa festivalida bu oqshom konsert beradi. Dincher O’zer bilan Ruya Taner 24-avgust kuni ham Ispaniyaning Morella shahrida, “Sonore” nomidagi musiqa festivalida sahnaga chiqadilar.

 

 



Aloqador xabarlar