Matbuot sharhlari 01.08.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1246284
Matbuot sharhlari 01.08.2019

Sabah gazetasi: Dunyoning eng kuchli harbiylari ro’yhati e’lon qilindi. Harbiy kuch indeksini (Global Firepower Index) tuzuvchi xalqaro tadqiqot kompaniyasi tomonidan 2019-yilning ikkinchi choragiga oid harbiy kuchi eng yuqori bo’lgan mamlakatlar e’lon qilindi. Unga ko’ra Turk armiyasi dunyoning eng kuchli armiyalari qatorida cho’qqidagi o’rinni egallagan mamlakatlardan biri. Turkiyaning ro’yhatdagi o’rnini belgilagan eng muhim omillarning esa, amaliyotlarda texnologiyadan eng yaxshi foydalanish sabablari ko’rsatildi.  

Star gazetasi: Ipak yo’li temir yo’li orqali Ko’rfazga yetib bordi. Izmit ko’rfazidagi DP World porti 1 kilometrlik temir yo’li ortqali Kars-Tbilisi-Boku liniyasi ustidan Kaspiy dengiziga, u yerdan esa Xitoyga bog’landi. Transport va infratuzilma vaziri Jahit Turhan, “Bu xizmat xususiy tarmog’imiz jihatidan yurtimizda birinchi loyiha hisoblanadi” dedi.

Vatan gazetasi: 1915 Chanoqqal’a ko’prigi dunyoning eng yirik ko’prigi bo’ladi.Uni ishlab chiqarish ishlari boshladi. “Karabuk” nomidagi Temir va po'latdan yasalgan buyumlar fabrikasi, tamomlanganida dunyoning eng yirik o’rtacha kenglikdagi osma ko’prigi bo’lishi kutilgan, ranglari va boshqa xususiyatlari bilan ramzlar ko’prigiga ham aylanadigan “1915 Chanoqqal’a ko’prigi”ni ko’tarib turuvchi konstruksiyalarini ishlab chiqarish ishlarining boshlaganligini ma’lum qildi.

Yenişafak gazetasi: Turkiyada, kosmik faoliyat to’g’risidagi qonun qo’lga olinadi. Kosmik faoliyatlari to’g’risida avvalgiga qaraganda bugungi kunda faoliyatlari jadal tus olgan Turkiya 23-26 sentabr kunlari, kosmik faoliyat to’g’risidagi qonun bo’yicha xalqaro konferentsiyaga mezbonlik qiladi.

Hürriyet gazetasi: NavbatdagiDreamliner keldi. Ikkitasi hangarda kutmoqda. Turk havo yo’llari to’rtinchiBoeing 787-9 Dreamliner rusumidagi uchog’ini qabul qilib oldi. Yangi Dreamliner, THYning 341-uchog’i sifatida inventarizatsiyadan o’z o’rnini oldi. Seattledagi qabul qilib olish marosimida nutq so’zlagan THY Matbuot maslahatchisi Yahyo Ustun, “Dunyoning eng yosh flotiga ega bo’lgan havo yo’li firmasi sifatida, o’sishni davom ettiramiz” dedi.

 



Aloqador xabarlar