Matbuot sharhlari 12.07.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1234688
Matbuot sharhlari 12.07.2019

Star gazetasi: Prezident Erdo'g’an, Srebrenitsa qurbonlarini yodga oldi. Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Bosniya va Gertsegovinaning sharqida joylashgan Srebrenitsada, 1995-yili yuz bergan qatliomning 24-yilligi munosabati bilan kecha Twitter orqali qurbonlarni yodga oldi. Prezident Erdo'g’an unda, “Yevropaning ko’zi oldida yuz bergan va 8 ming 372 nafar gunohsiz insonning umriga zomin bo’lgan Srebrenitsa qatliomi, aslo unutilmaydi. Srebrenitsa qatliomning 24-yilligida shahid bo’lgan bosniyalik qardoshlarimizga Olloxdan rahmat tilab, Bosniya xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib qolaman” degan ifodalarga o’rin berdi.

Hürriyet gazetasi: Turkiya Xitoyga gilos eksport qildi. Turkiya bu yil birinchi marotaba Xitoydan gilos eksporti uchun viza olar ekan shu yilning o’zida 1 million 380 ming dollarlik mahsulot sotdi. Hong Konga esa avvalgi yilga nisbatan 76 foizlik ortish bilan 3 million 357 ming dollarlik turk gilosi yuborilgan.

Sabah gazetasi: Esenbog’a aeroportida 6 oyda 7 million yo’lovchiga xizmat berildi. Poytaxt Anqaraning Esenbog’a aeroportida o’tgan oyda 1 million 180 ming, 6 oyda esa qariyb 7 million yo’lovchiga xizmat berildi.

Yeni Şafak gazetasi: Eksport potensialining ortishi bo’yicha Mudofaa va aviatsiya sanoati birinchi o’rinda edi. Mudofaa va aviatsiya sanoati bu yilning birinchi yarmida eksport potensialini 2018-yilning shu davriga nisbatan 41.1 foiz orttirgan holda, 1.3 milliard dollarga chiqardi. Mudofaa va aviatsiya sanoati tarmog’i 17.8 foizlik ortish bilan eng ko’p Amerika Qo’shma Shtatlariga bo’lgan eksport potensialini orttirar ekan undan 403 million 583 ming dollar daromad qo’lga kiritdi.  

Haber Turk gazetasi: Jason Derulo, Antaliyada konsert berdi. Amerikalik qo’shiqchi va aktyor Jason Derulo Turkiyaning Antaliya shahrida muxlislari bilan uchrashdi. Derulo, “Regnum Live in Concert 2019” doirasida Regnum Caryaning konsert sohasida musiqa shaydolari qarshisida qo'shiq kuyladi. Mahalliy va chet ellik ko’plab sayyoh tomosha qilgan konsertda, yosh qo’shiqchi Deruloning qo’shiqlariga, musiqa shaydolari ham hamrohlik qildi.

 



Aloqador xabarlar