Matbuot sharhlari 27.06.2019

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

1226114
Matbuot sharhlari 27.06.2019

 

 

Yeni shafak gazetasi:“Erdo’g’an va Putin 29 iyunda uchrashadi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Kreml kotibi Dmitriy PeskovRossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajap Tayyip Erdo’g’an uchrashuvi 29 iyun kuni Yaponiyada bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

Erdo’g’an va Putin uchrashuvida Turkiyaning Rossiyadan xarid qilib olayotgan S-400 zenit raketa majmualariga doir xususlar muhokama qilinishi kutilmoqda.

 

Sabah gazetasi: “Yaponiyadagi G-20 gazetasida prezident Erdo’g’an uchun maqtovlar” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Yaponiyaning Osaka shahrida bo’lib o’tadigan “Katta yigirmatalik” sammitida ishtirok etadi.

Sammit uchun tayyorgarliklar doirasida maxsus nashr qilinadigan “G-20” gazetasida sammit ishtirokchilariga o’rin berildi.

Gazeta Erdo’g’anning 15 iyul voqealarida Fathulloh Gulen harakati tomonidan sodir etilgan davlatga qarshi to’ntarishga urinishni muvaffaqiyatli bostirganligini yozdi.

 

Vatan gazetasi: “Dunyo bo’yicha findiq eksportining 85-90 foizi Turkiyadan amalga oshirilmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya qishloq-xo’jaligi palatasi boshqaruv kengashi a’zosi Arslan Soydan dunyo miqyosida findiq eksportining 85-90 foizi Turkiyadan amalga oshirilganligini ma’lum qildi.

“Turkiyada ishlab chiqarilgan findiq mahsuloti eksportidan 2016-2017 yilgi mavsumda 1.9 mlrd dollar, 2018 yilda esa 1.8 mlrd dollar daromad qo’lga kiritildi”,-deydi Arslan Soydan.

 

Star gazetasi: “THY 5 oy ichida Uzoq sharqda 2.3 mln yo’lovchiga xizmat qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turk Havo Yo’llari milliy aviakampaniyasi joriy yilning dastlabki 5 oyida yo’lovchi nisbatini 85 foizga, yo’lovchi sonini esa 4.3 foiz ortish bilan 2.3 mlnga chiqardi.

 

Hurriyat gazetasi: “Har kuni yana-da gavjumlashmoqda! Har davlatdan sayyoh kelmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda mashhur bo’lib borayotgan turistik Bodrum shahrida mahalliy va xorijlik sayyohlar sonida katta ortish kuzatilmoqda.

Bodrum otelchilar jamiyati bosh kotibi Orxan Kavala xorijlik sayyohlar sonida katta ortish kuzatilganligini ma’lum qildi.

“Bodrumning Mug’la tumaniga kelgan ingliz, rus, ukrain, nemis, fransuz va boshqa turli millatlardan sayyohlar ko’pchilikni tashkil qiladi”,-deydi Orxan Kavala.

 

 


Tanlangan kalimalar: #matbuot sharhlari , #xabar , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar