Matbuot sharhlari 13.06.2019

Turkiyada nashr qilingan gazetalardan sharhlar...

1217890
Matbuot sharhlari 13.06.2019

 

                             

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya S-400 majmualarini xarid qilib oldi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an S-400 zenit raketa majmualari haqidagi bahslarga munosabatini bildirdi.

“Turkiya S-400 zenit raketa majmualarini sotib oladi demayabman. Balki sotib oldi deyabman. Biz bu ishni hal qildik. Umid qilamanki, kelgusi oyda majmualar Turkiyaga yetib keladi. Bu majmualar jangovar emas, balki mudofaa tizimlaridir. Men davlatimni mudofaa qilish uchun zarur chora-tadbirlarni olishga haqliman. Hech kimdan ruxsat so’rab o’tirmayman”,-deb aytgan Erdo’g’an.

 

Sabah gazetasi: “AQShning skandal maktubiga Turkiyadan keskin javob” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar AQSh mudofaa vaziri o’rinbosari Patrik Shanahanning S-400 zenit raketa majmualari xususida yuborgan maktubga keskin javob berdi.

“Shanahanning maktubi ikki davlat o’rtasidagi ittifoqdoshlik tamoyillariga mos emasligini guvohi bo’ldik. Bunga kerakli javobni tayyorlayabmiz”,-deb aytgan Hulusi Akar.

 

Star gazetasi: “HAVELSANga Qatarda kiber xavfsizlik vazifasi” sarlavhasi bilan bergan xabarda yozilishicha, energiya, telekommunikatsiya, avtomobil, xavfsizlik kabi sohalarda faoliyat ko’rsatgan Qatarning “Jaidah Grup” xalqaro kompaniyasi kiber xavfsizlik bo’yicha HAVELSAN bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Ushbu kampaniya HAVELSANning kiber xavfsizlik bo’yicha tajribalaridan foydalanadi, ayni paytda HAVELSANning mahsulot va texnologiyalaridan foydalanib, kiber xavfsizlik bo’yicha salohiyatini oshiradi.

 

Hurriyat gazetasi: “Turkiyaning jozibasi THY” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Brand Finans tashkiloti tadqiqotiga ko’ra, Turk Havo Yo’llari milliy aviakampaniyasi 1.7 mlrd dollardan oshgan qiymati bilan o’tgan yil bo’lgani kabi bu yil ham Turkiyaning eng qimmatli markasiga aylandi.

 

Xabar turk gazetasi: “Bar Refaeli: Turkiyani yaxshi ko’raman” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, isroillik model Bar Refaeli Antaliyada o’tkazilgan “Dosso Dossi Fashion Shou”da podiumga chiqdi.

“Men Turkiyani juda yaxshi ko’raman. Turk ayollari juda chiroyli va maftunkor. Turkiyadan faqatgina mashhur model Nusret Go’kcheni taniyman”,-deb aytgan isroillik model Bar Refaeli.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #matbuot sharhlari , #gazeta

Aloqador xabarlar