Matbuot sharhlari 12.06.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

Matbuot sharhlari 12.06.2019

Star gazetasi: Rossiya Turkiyaga topshiriladigan S-400 lar masalasida hech qanday o’zgarishlar yo’qligini ma’lum qildi. Rossiya Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sergey Ryabkov Amerika Qo’shma Shtatlarining Turkiyaga bo’lgan munosabatiga qarshi Anqara-Moskva o’rtasida kelishib olingan shartnomaga muvofiq barcha javobgarchiliklarini o’z vaqtida va hech qanday o’zgarishsiz bajarmoqchi ekanliklarini ma’lum qildi.

Sabah gazetasi: Germaniya Turkiyaga maqtov yog’dirdi. Germaniya Iqtisodiyot va energetika vaziri o’rinbosari Thomas Bareiss Turkiya bilan Germaniya o’rtasida energiya, transport va turizm tarmog’idagi hamkorlikning ulkan salohiyatga ega ekanligini qayd etdi.

Vatan gazetasi: Istanbullik eksportchilar Istanbulda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni dunyo mamlakatlariga eksport qildi. Istanbuldagi eksportchilar shu yilning yanvar oyidan boshlab may oyigacha bo’lgan davrda tekstil mahsulotlari shu jumladan tayyor kiyim-kechak, avtomobil, meva va sabzavotlar, zargarlik buyumlari va mudofaa tarmog’i bosh bo’lish bilan birga jami 27 ta tarmoqda ishlab chiqarilgan 29.8 milliard dollarlik mahsulotni, dunyoning 227 nuqtasiga eksport qildi.

Haberturk gazetasi: Rus sayyohlar dam olish uchun yana Turkiyani tanladi. Rus sayyohlar yoz mavsumida dam olish uchun yana Turkiyani tanladi. Shunga ko’ra bu yilning birinchi 5 oyi ichida Turkiyaga kelgan rus sayyohlar soni, Estoniyaning 1 million 300 minglik aholi soniga yaqinlashib qoldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Rasmiylarning qayd etishicha, bu yilgi mavsumda 6 milliondan ortiq rus sayyohning Turkiyaga kelishi kutilmoqda.

Hurriyet gazetasi: Kushadasiga minglab sahhoh, kattakon kemalar keldi. Turkiyaning Aydin viloyatining Kushadasi tumaniga langar tashlagan 4 ta kruiz kemasi orqali shaharga 4 ming 800 sayyoh bilan 2 ming 370 ekipaj kirib keldi. Kemalardan tushganlarning ko’pchiligi amerikalik bo’lib, ularning ba’zilari avtobuslar orqali Efes va Maryam ona turiga yo’l oldi. Tur dasturida ishtirok etmagan yo’lovchilarning ko’pchiligi tuman markaziga qarab yo’l oldi.

 



Aloqador xabarlar