Matbuot sharhlari 09.05.2019

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1197938
Matbuot sharhlari 09.05.2019

Yeni Shafak gazetasi: Türksat 5A sun’iy yo’ldoshni uchirish kuni ma’lum bo’ldi. Turkiyaning “Türksat” sun’iy yo’ldosh operatori direktori Jenk Shen, Türksat 5A sun’iy yo’ldoshining kelasi yilning ikkinchi choragida uchirilishi rejalashtirilayotganligini qayd etdi. Jenk Shen shuningdek, Türksat 5A sun’iy yo’ldoshining Amerika Qo’shma Shtatlarining Florida shtatidagi kosmodromdan uchirilajagini ham o’z so’ziga ilova etdi.   

Hurriyet gazetasi: Sayyohlarning tanlovi. Antaliya o’tgan yili 13 million 642 ming 852 sayyohni mehmon qildi. 2018-yildagi sayyohlar sonida 2017-yilga nisbatan 30 foizlik ortish kuzatilar ekan 2019-yili chet eldan 16 million sayyohning kelishi kutilayotganligi ma’lum qilindi. Shaharga 2019-yilning birinchi to’rt oyida, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 32 foizlik ortish bilan 1 million 560 ming 862 sayyoh tashrif buyurdi.

Sabah gazetasi: Turkiya yangi qurol ishlab chiqardi. Turkiya oxirgi vaqtlarda terroristlar tomonidan hujumlarda tez –tez foydalanilgan portlaguvchi modda yuklangan havo vositalari va qo’lda yasalgan portlaguvchi moddalarni foydalanishdan chiqarish maqsadida “Alka” deb nomlangan yangi qurol tizimi ishlab chiqardi. Turkiyaning ROKETSAN firmasi “Alka” tizimini birinchi marotaba Istanbulda uyushtirilgan navbatdagi Xalqaro Mudofaa sanoati yarmarkasida namoyish etdi. “Alka” sinov jarayonida qayd etilgan tasvirlarda qo’lda yasalgan portlaguvchi modda va turli dron hujumlari kabi xavflarni muvaffaqiyatli ravishda yo’q qilgan.   

Vatan gazetasi: Pasporttan yuz tanish tizimi orqali o’tish ishlari boshladi. Dunyoning bir necha aeroportida foydalanilgan barmoq izi va yuz tanish tizimi orqali pasport nazoratidan o’tish ishlarini yo’lga qo’ygan yangi tizim, uni sinovdan o’tkazish maqsadida Sabiha Go’kchen nomidagi xalqaro aeroportda xizmatga tushadi. Mazkur tizim orqali yo’lovchilar tizim tomonidan tanilgan barmoq izlari va yuzlari orqali atigi 18 soniyada pasport nazoratidan o’tish imkoniga ega bo’ladi.  

Hurriyet gazetasi: Ferzan O’zpetek Italiyada takror takror taqdirlandi. Mashhur rejissyor Ferzan O’zpetek Italiyaning Lecce va Napoli shahri ortidan Palermo munitsipaliteti tomonidan ham faxriy fuqaro deb e’lon qilindi. Palermo nomidagi universitetda O’zpetekga faxriy doktor unvoni taqdim etildi. Salento nomidagi universitet esa O’zpetekni “Madaniy elchi” deb e’lon qildi.

 



Aloqador xabarlar